Shanba, 24-oktabr, 2026
Havo 67 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +16° kechasi +6°

Joriy yilning birinchi yarmida MDH davlatlari O‘zbekistonga 2,4 mlrd. dollarlik investitsiya kiritgan

Ma’lumot uchun, 2023-yilda bu ko‘rsatkich 2,7 milliard dollarni tashkil etgan.

1 daqiqa o‘qiladi

Joriy yilning birinchi yarmida MDH davlatlari O‘zbekistonga 2,4 mlrd. dollarlik investitsiya kiritgan

2024-yilning birinchi yarmida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) davlatlaridan O‘zbekistonga 2,4 milliard dollarlik investitsiya va kreditlar kiritilgan. 2023-yilda ushbu ko‘rsatkich 2,7 milliard dollarni tashkil etgan bo‘lib, umumiy xorijiy investitsiyalar hajmining 15,5 foiziga teng bo‘lgan.

O‘zbekistonning MDH davlatlari bilan tashqi savdo aylanmasi

O‘zbekistonning MDH davlatlari bilan iqtisodiy hamkorligi so‘nggi yillarda sezilarli darajada o‘sdi. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma’lumotlariga ko‘ra, 2017–2023 yillar davomida O‘zbekistonning MDH davlatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 2,1 baravar o‘sdi – 2017-yilda 9,7 milliard dollar bo‘lgan savdo hajmi, 2023-yilga kelib 20,6 milliard dollarga yetgan.

Eksport va importning asosiy qismini qaysi mahsulotlar tashkil qiladi?

Eksport 1,5 baravarga o‘sib, 5,2 milliard dollardan 8,1 milliard dollarga yetgan bo‘lsa, import esa 4,5 milliard dollardan 12,5 milliard dollarga oshgan, ya’ni 2,8 baravarga o‘sish kuzatilgan. O‘zbekiston asosan sanoat mahsulotlari, mashina va uskunalar, oziq-ovqat mahsulotlari va tayyor tovarlarni eksport qilmoqda. Importda esa sanoat mahsulotlari, oziq-ovqat mahsulotlari va mineral yoqilg‘i ulushi asosiy qismini tashkil etadi.

Shu bilan birga, xizmatlar eksporti ham umumiy savdo aylanmasida katta ulushga ega bo‘lib, 32 foizni tashkil qiladi.