$
 12998.91
13.9
 13439.57
154.61
 131.29
1.45
weather
+26
Кечаси   +14°

3 ta hududda energiya resurslariga noqonuniy ulanish holatlari aniqlandi

gaz

Toshkent, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida energiya resurslariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etildi.

Huquqbuzarlarga chora ko‘rilmoqda

Ma’lum qilinishicha, bosh prokuratura huzuridagi Departamentining Bo‘stonliq va Zangiota tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga tekshiruvlarda ushbu tumanlarda yashovchi fuqarolar A.B. va A.A. “Baliqchilik” xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonida hamda yashash xonadonida umumiy foydalanishdagi elektr va tabiiy gaz tarmoqlariga yashirin ravishda ulanib, jami 270,8 mln. so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Nurobod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro L.X. o‘ziga tegishli noturar joy binosida elektron gaz hisoblagichdan tashqari gaz quvuriga yashirincha ulanib, jami 116, 7 mln. so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Departamentning Qarshi shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro M.A. “Buyuk turon” MFY hududida joylashagan muzlatkich xonasini elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulab, jami 107,3 mln. so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yilda gaz va elektrdan noqonuniy foydalanganlar davlatga 1 trillion 409 milliard so‘m zarar yetkazgani aniqlangan edi. Iste’molchilar tomonidan energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar bo‘yicha 9 084 ta ma’muriy ish rasmiylashtirilgan edi.