Shanba, 24-oktabr, 2026
Havo 75 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +11° kechasi +6°

Tadqiqot: Kuniga 8 soatdan ko‘p kompyuter qarshisida o‘tirish erta qarishga olib keladi

Mutaxassislar fikricha, kompyuterda uzoq vaqt o‘tkazishning zararli oqibatlarini bartaraf etish uchun shunchaki 20 daqiqa jismoniy mashq yetarli emas – kun davomida faol harakat va ko‘proq tanaffuslar zarur.

1 daqiqa o‘qiladi

ofis worker davlat xizmatchisi

Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, kompyuter oldida uzoq vaqt o‘tirish yurak kasalliklari xavfini oshiradi va erta qarishga olib keladi. Hattoki, ish tugaganidan keyin sayrga chiqish ham bu ta’sirni bartaraf eta olmaydi. Kaliforniya universitetining olimlari shunday xulosaga kelishdi, deya xabar bermoqda Azertac.

Kimlar eng ko‘p kompyuter qarshisida o‘tiradi?

Tadqiqotda yosh avlod, xususan, 80-yillarning boshidan 90-yillarning o‘rtalariga qadar tug‘ilganlar orasida eng ko‘p vaqtini o‘tirgan holda o‘tkazadigan insonlar borligi ta’kidlangan. Ushbu qatlamda yurak kasalligi xavfi yuqoriligi va qarish jarayoni tezlashishi kuzatilgan. 28 yoshdan 49 yoshgacha bo‘lgan ming nafardan ortiq ko‘ngilli tadqiqotda ishtirok etgan.

Sog‘lom turmush tarzini saqlash muhim

Tadqiqotchilardan biri, Genetika, genomika va bioinformatika bo‘limi vakili Rayan Bryulman, odamlarning yoshlikdagi yaxshi metabolizm keyinchalik sog‘lom turmush tarzini saqlab qolishga yordam beradi, deb o‘ylashlari xato ekanligini ta’kidladi. “Hozir qanday turmush tarzini tanlashingiz kelajakdagi salomatligingiz uchun poydevor bo‘ladi,” dedi u.

Kuniga 20 daqiqa mashq qilish yetarli emas

Mutaxassislar uzoq vaqt o‘tirishning salbiy ta’sirlaridan qochish uchun faqat kuniga 20 daqiqa jismoniy mashq qilish yetarli emasligini ta’kidlashadi. Ularning fikricha, kuniga kamida 30 daqiqa davomida yurak-qon tomir mashqlari bilan shug‘ullanish, ko‘proq sayr qilish yoki tik turgan holda ishlash salomatlik uchun foydali bo‘ladi.