$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Joriy yilda foydalanishga topshiriladigan barcha yo‘l va ko‘priklarni ta’mirlash ishlari 15-oktyabrga qadar yakunlanadi

yo

Joriy yilda foydalanishga topshirilishi belgilangan barcha yo‘llar va 17 dona ko‘priklarni ta’mirlash ishlari 15-oktyabrga qadar yakunlanadi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Nilufar Jumayeva ma’lum qildi.

“Tashabbusli byudjet” doirasidagi ta’mirlashlar

Joriy yil “Tashabbusli byudjet” dasturining 1-mavsumi doirasida fuqarolar tomonidan berilgan ovoz natijalariga ko‘ra jami 2 770 ta loyiha g‘olib deb topilib, shundan ichki yo‘llarni ta’mirlash bilan bog‘liq loyihalar 912 tani tashkil etadi. Hozirda 174 ta tuman va shaharlarda joylashgan 799 ta mahallalarda ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Dastur doirasida respublika hududida 2 433,2 km uzunlikdagi shahar va qishloq ichki yo‘llarida 1 148 mlrd. so‘mlik ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.

2-mavsum doirasida qilinayotgan ishlar

Bugungi kunda, barcha obyektlarda ishlar boshlanib, 2 407,2 km (rejaga nisbatan 99 %) uzunlikdagi ichki yo‘llarda 1 112,6 mlrd. so‘mlik (rejaga nisbatan 97%) ta’mirlash ishlari amalga oshirildi va 864 ta obyektlarda ishlar yakunlandi hamda 963,5 mlrd. so‘m mablag‘lar moliyalashtirib berildi. Shuningdek, “Tashabbusli byudjet” loyihalarining 2-mavsumi doirasida “Ochiq byudjet” axborot portalida jamoatchilik fikri asosida jami 27 474 ta loyihalar shakllantirildi va ushbu shakllantirilgan loyihalardan 23 318 tasi saralashdan o‘tib ovoz berishga qo‘yildi. Fuqarolar tomonidan berilgan ovoz natijalariga ko‘ra jami 1 950 ta loyiha g‘olib deb topilib, shundan 165 ta tuman va shaharlarda joylashgan ichki yo‘llarni ta’mirlash bilan bog‘liq loyihalar 773 tani tashkil etdi.

Avtomobil yo‘llari va ko‘priklar ta’mirlanishi bo‘yicha nima ishlar qilindi?

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2024-yil 17-iyulda Respublika hududlarini obod qilish, qishloq va mahallalarda infratuzilma bilan bog‘liq eng dolzarb masalalarni tizimli hal etish, xususan, joylarda avtomobil yo‘llari va boshqa infratuzilma obyektlarini yaxshilash hamda aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish to‘g‘risida qaror qabul qilingan bo‘lib, ushbu qaror bilan jami 1 344 mlrd so‘m mablag‘ ajratilib, shundan 374,3 mlrd. so‘m (27,8 % mablag‘ avtomobil yo‘llari va ko‘priklarni ta’mirlash ishlariga yo‘naltirilishi belgilandi.

Shunga ko‘ra, ajratilgan 374,3 mlrd. so‘m mablag‘lar hisobiga dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 264 ta obyektda 757,1 km avtomobil yo‘llari va 30 dona (679,6 pm) ko‘priklar ta’mirlanishi rejalashtirilib bugungi kunda obyektlarning barchasida qurilish-montaj ishlari boshlangan bo‘lib, 860,8 km (rejaga nisbatan 114 %, shundan 595,1 km asfalt, 265,7 km shag‘al) yo‘llar ta’mirlandi va 13 dona (276,6 pm) ko‘prik foydalanishga topshirildi, shu bilan 239 ta (90 % obyektda ishlar to‘liq yakunlandi hamda 345,9 mlrd so‘m (91 % ishlar amalga oshirilib 243,9 mlrd so‘m (65 % mablag‘lar moliyalashtirib berildi.

Ta’mirlash ishlari 15-oktyabrga qadar yakunlanadi

Joriy yilda foydalanishga topshirilishi belgilangan barcha yo‘llar va 17 dona ko‘priklarni ta’mirlash ishlari 15-oktyabrga qadar yakunlanadi.

O‘z o‘rnida, joriy yilda aholi kayfiyatini yanada yaxshilash hamda ularga qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyat hokimliklari bilan birgalikda respublika hududidagi 5 036 km uzunlikdagi tuproq yo‘llarni shag‘allashtirish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda.