$
 12142.10
-52.11
 14079.98
95.66
 150.53
0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

Poytaxtdagi eski xonadon egalari uylarini yangi kvartiraga bepul almashtirishlari mumkin

Renovatsiya

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatining nashrlardan biriga ma’lum qilishicha, Toshkentda eski xonadon egalari uylarini yangi binodagi kvartiraga bepul almashtirishlari mumkin bo‘ladi.

Renovatsiya qilinadigan hududlar

Ma’lumotda qayd etilishicha, poytaxtda 170 gektardan ortiq maydonda uy-joylarni buzish rejalashtirilgan. Renovatsiya qilinadigan hududlar ro‘yxatiga Mirzo Ulug‘bek, Yakkasaroy, Chilonzor, Shayxontohur va Sergeli tumanlari kiritilgan.

Almashtirish sharti

Hokimning matbuot kotibi taqdim qilgan ma’lumotiga ko‘ra, xonadonlar yashab turgan xonadonning teng miqdori doirasidagiga almashtiriladi. Almashtiriladigan xonadonning ko‘rinishi qanday bo‘lishi, almashtirishlar qachon amalga oshirilishi haqida hozircha aniq bir ma’lumotlar mavjud emas.

Renovatsiya loyihasining maqsadi

Bundan avvalaroq, 1-avgust kuni Toshkent shahar hokimi poytaxtning olti tumanida renovatsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha qarorlarni imzolagandi. Qaror keng jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘ladi. Qarorga ko‘ra, ushbu hududlarda madaniy meros obyektlari ro‘yxati, buziladigan yoki ta’mirlanadigan turar va noturar joylar xatlovdan o‘tkaziladi. “Renovatsiya loyihasining maqsadi uy-joy fondini yangilash, avariya holatidagi uy-joylarning ommaviy paydo bo‘lishining oldini olish, hududlarni alohida ko‘p qavatli uylar kesimida emas, balki yaxlit rivojlantirish orqali fuqarolarning turmush sharoitlarini yaxshilashdan iborat. Bunda binolarning avariyaviylik darajasi va xavfsizlik talablariga muvofiqligi, iqtisodiy va energetik samaradorligi, eskirgan ko‘rinishi va hududning umumiy me’moriy rivojlanishiga mos kelmasligi hisobga olinadi”, —deyiladi xabarda. Qayd etilishicha, Renovatsiya ishlari faqat vakolatli tashkilotlar tomonidan avariya holati tasdiqlangan obyektlarda va faqat aholining roziligi bilan amalga oshiriladi.  

Renovatsiya o‘zi nima?

Renovatsiya — aholi uchun qulay yashash muhitini shakllantirish, yer resurslaridan oqilona foydalanish, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida, avariya holatidagi mavjud yaroqsiz deb topilgan, shu jumladan, ijtimoiy va muhandislik-transport infratuzilmalari eskirgan, ekspluatatsiya muddati o‘tgan, yaroqsiz holga kelgan turar va noturar joylarni hamda yaroqli turar va noturar joylarni zamonaviy talablariga muvofiq qayta qurish, kapital ta’mirlash, rekonstruksiya qilishga qaratilgan va amalga oshiriladigan intensiv qurilish tadbirlari majmui.