Dushanba, 26-oktabr, 2026
Havo 88 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +6° kechasi +6°

Tarmoqlar aks-sadosi: “Ozodbek Nazarbekov jazolanishi kerak”

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Axmadovich Nazarbekov do‘kondan kiyim xarid qilib, reklama qilgan videolar tarqaldi.

2 daqiqa o‘qiladi

Tarmoqlar aks-sadosi: “Ozodbek Nazarbekov jazolanishi kerak”

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Axmadovich Nazarbekov do‘kondan kiyim xarid qilib, reklama qilgan videolar tarqaldi. Ma’lum bo‘lishicha, Toshkent shahrida joylashgan kiyim do‘konlaridan biri Madaniyat vaziri do‘konni reklama qilgan videorolikni o‘z Instagram sahifasiga joylagan. “Qadrli do‘stlar bugun biz "Kings man" do‘konidamiz. Bu do‘kon Toshkentning qoq markazida joylashgan Meni xursand qilgan narsa, bugun o‘zbek qora ko‘zlari Italiyaning eng yuqori darajadagi sifatiga teng mahsulotlar ishlab chiqarishyapti. O‘zimiz guvoh bo‘lib qoyil qoldik...”, –deyiladi O.Nazarbekov tushgan reklama roligida.

Qonun nima deydi?

Video joylangan sahifa izohida esa Ozodbek Nazarbekov madaniyat vaziri, O‘zbekiston xalq artisti va The Voice of Uzbekistan loyihasi hakamlaridan biri deb tanishtirilgan hamda unga eng aktual obraz taqdim etilgani ta’kidlanadi. Ma’lumot uchun, mansabdor shaxslarning reklamada ishtirok etishi qonun bilan belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining "Reklama to‘g‘risida"gi qonunining 16-moddasi 2-qismida quyidagicha keltiriladi: Tovar davlat organlari yoki ularning mansabdor shaxslari tomonidan ma’qullanganligini ko‘rsatish taqiqlanadi. 

Raqobat qo‘mitasi munosabati

Reklama roligiga Raqobat qo‘mitasi munosabat bildirib, mazkur holat yuzasidan "Reklama to‘g‘risida"gi Qonuni doirasida o‘rganish ishlari olib borilayotganligini ma’lum qilgan. "Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining asosiy vazifalaridan biri mamlakatimizda reklama sohasiga oid qonunchilikni nazorat qilib borish hisoblanadi", — deyiladi qo‘mita munosabatida.

Blogerlar sukuti

Qiziqarlisi, vaqti kelsa, jamiyat hayotida muhim o'rin tutmagan mayda muammolarga ham to'xtaluvchi blogerlar nima uchundir bu voqelikni chetlab o'tishmoqda. Faqatgina jurnalist Anora Sodiqova o'zining Telegramdagi sahifasi orqali vaziyatga munosabat bildiradi. "Vazir Ozodbek Nazarbekov reklamada chiqqanini raqobat qo‘mitasi tekshirishini ma’lum qildi. Qonun oldida hamma teng bo‘lishi kerak. Vazir A. Abduhakimov ham “Amirsoy”ni faol reklama qilib keladi. Qo‘mita “Amirsoy”ning ashaddiy reklamachisi bo‘lgan vazir Abduhakimovni ham tekshirarmikan yoki “Amirsoy”ni reklama qilish majburiymi?", deb yozadi jurnalist.