$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Endi avtomobillarga davlat raqamlari tasodifiy tarzda beriladi

Raqamlar

17-iyul kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, 1-avgustdan avtomobillarga davlat raqamlari tasodifiy tarzda beriladi

Yangi tizim

Hozirgi vaqtda tartib bo‘yicha davlat raqami belgilari o‘sib boruvchi raqamlash ketma-ketligi bo‘yicha berilmoqda (“chiroyli raqamlar” bundan mustasno, ular auksion orqali sotiladi). Endilikda davlat raqamlari Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimining “Davlat raqam belgilari” moduli orqali avtomatik tarzda shakllantiriladi.

YHXB mobil ilovasi

Bundan tashqari, 1-dekabrdan YHXB mobil ilovasi, xizmatning rasmiy sayti, Call-markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali avtomobillarni ro‘yxatdan o‘tkazish va raqam berish bo‘yicha murojaatlarni yuborish va to‘lovni amalga oshirish mumkin bo‘ladi.