$
 12142.10
-52.11
 14079.98
95.66
 150.53
0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

Endi tez yordam mashinalariga ularni farqlovchi davlat raqami beriladi

Tez yordam

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tez tibbiy yordam mashinalariga ularni farqlovchi maxsus seriyali davlat raqami beriladi.

Vazirlar Mahkamasining qarori

Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, endilikda tez tibbiy yordam avtomobillari uchun alohida farqlovchi ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari joriy etildi. Ma’lum bo‘lishicha, I-2 tip - STY seriyali ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari tez tibbiy yordam avtomobillariga beriladi.

Raqamning belgilari va ko‘rinishi

Qayd etilishicha, ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining foni oq rangda, chetki qismi, raqami va harflari qora rangda bo‘ladi. Chap tomonda hududning kodi, o‘ng tomonda esa O‘zbekiston bayrog‘i va "UZ" harflari bo‘ladi. IE-2 - STY seriyali ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari tez tibbiy yordam elektromobillariga va gibrid avtomobillariga beriladi. Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining foni oq rangda, chetki qismi, raqami va harflari qora rangda bo‘ladi. Chap tomonda hududning kodi qora rangda va uning foni yashil rangda, o‘ng tomonda esa O‘zbekiston bayrog‘i va "UZ" harflari bo‘ladi.