$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston futzal terma jamoasi “quladi”

Futzal

Yurtimizda o‘tgan Jahon chempionati bahslari o‘z yakunlangach, FIFA jadvalida katta o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. FIFA futzal bo‘yicha terma jamoalarning yangilangan reytingini e’lon qildi. 

Eng yomon natija

O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi mundialdagi o‘ta omadsiz ishtirokdan so‘ng, oz emas, ko‘p emas naqd 100 reyting ochko yo‘qotib, 10 pog‘ona pastladi. 4-yillikning eng nufuzli musobaqasidan avval terma jamoamiz 11-o‘rinda ketayotgan edi. Ammo yangilangan reytingda 21-o‘rinda joylashgan. Butun boshli reytingda faqatgina bizning terma jamoamiz eng ko‘p ochko va o‘rnini boy bergan.

Osiyo qit’asi

Osiyo jamoalari ichida termamiz bir pog‘ona pastga tushib, 4-o‘rinda bormoqda. Garchi Jahon chempionatida qatnashmagan bo‘lsa ham, Yaponiya terma jamoasi vakillari o‘rtoqlik uchrashuvlaridagi g‘alabalar sababli +8 ochko jamg‘arib, qit’ada 1 pog‘ona, dunyo reytingida esa 2 o‘ringa ko‘tarilib oldi va aynan Osiyo qit’asida bizni quvib o‘tgan.  

Markaziy Osiyo va Qozog‘iston

Markaziy Osiyo mintaqasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, bu borada O‘zbekiston yetakchi. Afg‘oniston umumiy reytingda 30-o‘rinni(qit’ada 6) band etgan bo‘lsa, Tojikiston 42(10), Qirg‘iz Respublikasi 43(11), Turkmaniston 66(17) o‘rinlarda borishmoqda. Garchi Osiyo qit’asiga kirmasa-da, yana bir yon qo‘shnilarimiz Qozog‘iston terma jamoasi mundialda ancha yaxshi ishtirok etib, umumiy jadvalda 3 pog‘ona yuqoriga ko‘tarilib oldi. Shuningdek, o‘z hisoblariga qimmatli +77 ochkoni qo‘shib qo‘ydi. Qozog‘iston bu natijalari evaziga jahon reytingida 8-o‘rindan 5-o‘ringa qadar yuqorilashga muvaffaq bo‘ldi.