$
 12132.48
-5.38
 14360.00
-19.72
 159.09
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

Toshkentda Ramazon kayfiyati

ramazon 17

Toshkentda Ramazonning ilk kunlari shahar hayotiga sezilarli o‘zgarish olib kirdi. Ertalabdan boshlab bozorlarda harakat kuchaydi — rastalar oldida xaridorlar ko‘payib, sotuvchilar iftorlik uchun kerakli mahsulotlarni tartiblab chiqmoqda. Ayniqsa xurmo savdosi jonlangan: turli navlari alohida idishlarda terib qo‘yilgan, xaridorlar esa ularni diqqat bilan tanlab, narx-navoni surishtirmoqda.

Kun davomida shahar odatdagi ritmida yashashda davom etadi, biroq ko‘chalarda qandaydir ichki osoyishtalik seziladi. Ishga ketayotganlar, o‘qishga shoshayotgan yoshlar va kundalik yumushlar bilan band odamlar orasida Ramazon kayfiyati sezilib turadi — suhbatlarda ko‘proq iftor rejasi, dasturxon va yaqinlar haqida gapiriladi.

Kunning ikkinchi yarmida esa bozorlarda yana gavjumlik ortadi. Odamlar qo‘llarida paketlar bilan uylariga shoshadi. Ko‘pchilik dasturxon uchun yangi non, meva va shirinliklar xarid qilmoqda.

Quyosh botishga yaqinlashgan sari ufq shafaqrang tus oldi, iliq bahor ifori insonlar kayfiyatiga ham ta’sir etyotgandek edi. Yo‘llarda harakat biroz tezlashdi, odamlar iftorga ulgurish uchun shoshadi. Uylar tomon ketayotgan qadamlar ko‘payadi.

Kechga yaqin masjidlar atrofida ham odamlar yig‘ila boshlaydi. Ba’zilar ibodat uchun, ba’zilar esa shunchaki Ramazon muhitini his qilish uchun keladi. Ular bir-birlarini ayyom bilan qutlab, xurmo va shirinliklar ulashardi. Suratlarda Toshkentdagi shunday manzalarni tomosha qilishingiz mumkin.

ramazon 24
ramazon 23
ramazon 22
ramazon 21
ramazon 20
ramazon 19
ramazon 18
ramazon 17
ramazon 16
ramazon 15
ramazon 14
ramazon 13
ramazon 11
ramazon 10
ramazon 9
ramazon 8
ramazon 7
ramazon 6
ramazon 4
ramazon 4
12
Ramazon 1
ramazon 2
ramazon 3