Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 94 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +17° kechasi +9°

“Barcha ko‘zlar Rafahda”

Ushbu rasm ijtimoiy tarmoqlarda 24 soat davomida eng ko‘p tarqalgan postga aylandi.

1 daqiqa o‘qiladi

“Barcha ko‘zlar Rafahda”

Ushbu rasm ijtimoiy tarmoqlarda 24 soat davomida eng ko‘p tarqalgan postga aylandi.

47 million uzatish!

Isroil va Falastin o‘rtasidagi urushda, Isroilning Rafahga uyushtirgan hujumiga qarshi Instagram ijtimoiy tarmog‘ida qo‘yilgan ushbu post, 24 soat davomida Instagram ijtimoiy tarmog‘ida 47 million marta uzatildi. Bu haqida Al Jazeera nashri xabar berdi. Undan tashqari surat "Facebook"da 12 million, "X"da 18 million marta uzatildi. Bu raqamlar bilan surat esa ijtimoiy tarmoqlarda eng ko‘p tarqalgan surat bo‘lib rekord o‘rnatdi.

Sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan rasm

Eng qizig‘i, ushbu surat sun’iy intellekt tomonidan chizilgan ekanligida bo‘ldi. Ushbu surat haqiqiy "trend"ga aylanib, 24 soat davomida juda ko‘p muhokamalarga sabab bo‘la oldi. Surat Isroilning Rafahga - G‘azodagi 2,3 million aholi ko‘chirilgan hududga qarshi hujum uyushtirganini qoralab chiqdi. Suratda biz G‘azoga ko‘chirilgani odamlarning chodirlarini ko‘rishimiz mumkin.

Rafahda sodir nima bo‘ldi?

G‘azo yaqinda joylashgan ushbu shaharga, hujum qilmaslik aytilgan bo‘lishiga qaramay, 28-may kuni Isroil armiyasi hujum qilib, bombardimon qildi. Hozircha ushbu hududda 45 nafar odam olamdan o‘tgani aytilmoqda. Undan tashqari, ushbu voqea natijasida 1,4 million odam turar joyidan ayrilib, yana "qochoq"qa aylandi.