$
 12793.38
-10.43
 13595.52
-81.51
 130.73
0.09
weather
+26
Кечаси   +14°

“Aeroflot” O‘zbekiston yo‘lovchi samolyotiga dron tahdidi haqidagi xabarlarni rad etdi

aeroflot

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Ukraina dronlari Moskva osmonida yo‘lovchi samolyotini deyarli urib yuborish xavfi tug‘dirgani haqida xabar tarqalgan edi. “Mash” Telegram kanaliga ko‘ra, bu voqea O‘zbekistondan Sheremetevoga uchayotgan Airbus A320 samolyoti bilan sodir bo‘lgan. Biroq “Aeroflot” vakillari, keyinroq “Mash” Telegram kanali ham ushbu xabar haqiqatga mos emasligini ta’kidladi

Samolyot “Ural Airlines” aviakompaniyasiniki bo‘lgan 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Buxoro — Moskva yo‘nalishida parvoz qilgan SU1877 reysi uchuvchilari 10-noyabr kuni rejalashtirilgan tartibda qo‘nishni amalga oshirgan. Havo kemasi komandiri noma’lum uchuvchi obyektlarni na vizual ravishda, na radar yordamida aniqlay olgan. Yangilangan ma’lumotlarga ko’ra, hodisa “Ural Airlines” aviakompaniyasining samolyotlaridan biri bilan bog‘liq bo‘lgan.

Dron hujumlari samolyotlar qo‘nish vaqtiga baribir ta’sir qilgan 

Buxoro-Moskva yo‘nalishidagi reys dron zarbasiga uchragani tasdiqlanmagan bo‘lsa-da, dron hujumlari sababli bugun Moskva yo‘nalishida Toshkent, Samarqand va Buxorodan uchgan O‘zbekiston samolyotlari “Vnukovo” aeroportiga qariyb 2 soat kechikib yetib kelgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu kechikishlarning sababi Moskva viloyatida sodir bo‘lgan dron hujumlari bo‘lib, bu havo mudofaasi tomonidan zararsizlantirilgan ko‘plab dronlar tufayli yuzaga kelgan.