$
 12531.78
75.53
 14538.12
76.41
 159.82
1.46
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Shishirilgan bloger “portlab” ketdi

radar

Instagram ijtimoiy tarmog‘ida bir necha aktual mavzularni ko‘tarib, ancha tanilgan bloger radar haqidagi videosi tufayli muxlislar noroziligiga sabab bo‘ldi.

Radar haqidagi video

Instagramda “_boburfm” nomi ostida ijod qiluvchi Bobur Shavkatov bir necha qiziq va aktual, jumladan ba’zi keraksiz talablar, “open byudjet”, musofirlar hayoti va monopoliya kabi taqlid videolari bilan mashhurlikka erishgan edi. Ammo uning so‘nggi, radar haqidagi videosi ko‘pchilikning haqli e’tirozlariga sabab bo‘ldi.

Radar ichida “antiradar” reklamasi

Ijodkor radarning “yomonligi” haqidagi video so‘nggida “antiradar”ning reklamasi borligini ko‘pchilik tanqid ostiga oldi. Video ostidagi izohlarda, muxlislar ushbu vaziyatni qoralab, “pulini oldim deb hamma mavzuni ham reklama qilish yaxshimas” degan izohlar qoldirishgan. 

“Yo‘llarimizga radarlar, kameralar kerak”

Ushbu vaziyatga munosabat bildirar ekan, jurnalist Muhrim A’zamxo‘jayev quyidagilarni yozdi: “Yo‘llarimizga radarlar, kameralar kerak. Mayli, bir qismi hozir soqqakashlikka xizmat qilayotgandir, lekin ular ham duch kelganga emas, aynan qoida buzganga jarima solyapti. “Yaxshi ot"larga shu” “bir qamchi” ham yetarli - kelasi safar shu joyda boshqa qoida buzmaydi (o‘zim o‘sha 2022 yil dekabrida jarima yozilgan joyda, orqadan signal chalib, yur deb baqirishsa ham, yo‘l bo‘shamaguncha, chiziqni bosmay, navbatim kelishini kutadigan bo‘lganman), hech bo‘lmasa shu nuqtada bitta qoidabuzar kamayadi. Shuning uchun kamera va radarlar yanada ko‘proq, inson omilidan xoli bo‘lishi, ayovsiz jarima solishi kerak. Ayni vaqtda, haydovchilarning “yo‘lni tuzatib qo‘ymay, kamera qo‘yadi”, “chiziq ko‘rinmaydi-yu, ammo chiziqni bosding, deb jarima yozadi”, degan bahonalariga ham o‘rin qoldirmaslik kerak. Lekin shusiz ham kamera va radarlarni ko‘paytiraverish kerak.”

Теги :
Jamiyat