$
 12800.13
-7.9
 13467.02
-145.35
 129.02
-1.13
weather
+26
Кечаси   +14°

Radardan 48 soat ichida xat kelmasa bekor bo‘ladimi?

radar

Ijtimoiy tarmoqlarda radar orqali aniqlangan qoidabuzarliklar haqida xat 48 soat ichida kelmasa bekor bo‘ladi qabilidagi gaplar tarqaldi. Mas’ullar ushbu holatga izoh berdi.

48 soatda xat fuqaroga emas, markazga yuborilishi kerak

Oliy Majlis tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunga kiritilgan o‘zgartirishlar yuzasidan ushbu qonun ham o‘zgartirilgan edi. Unga ko‘ra, ma’lumot 48 soat ichida fuqaroga emas, balki jarima yozuvchi markaz – YPX markaziga yuborilishi kerak.

Jarima 15 kunda chiqishi kerak

Vakolatli organlar o‘zlariga kelgan ma’lumotlarga asoslanib, 15 kun ichida jarimani chiqarishi kerak. Agarda ushbu muddat ichida amalga oshirilmasa, ana shunda bu jarima bekor qilinadi.

Mas’ullar vaziyatga munosabat bildirdi

“O‘zbekiston 24” telekanalida tashkil etilgan suhbatda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Muhammadjon Valiyev hamda Yo‘l harakati xizmati axborot xizmati rahbari Azizxon Murodov ushbu vaziyatda paydo bo‘lgan ba’zi savollarga javob berdi.

“Fuqarolarga ancha vaqtdan keyin jarimalar yetib bormoqda”

Ushbu qonun o‘zgartirishining sababini tushuntirar ekan, deputat M.Valiyev jarimalarning kechikib borishi asosiy sabab ekanligini ta’kidladi. “Fuqarolarga ma’lum muddat o‘tgandan keyin jarima keladigan bo‘lsa, ijtimoiy tarmoqlarda ham ko‘rdik, bir necha kun, hafta, hatto bir necha oylardan keyin ham jarima kelish holatlari uchramoqda. Bu holat esa fuqarolarga birmuncha qiyinchiliklar tug‘diradi”, - deydi deputat. Undan tashqari, svetoforda qanday to‘xtash haqidagi masala ham juda ko‘p bahslarga sabab bo‘lmoqda, bu hozir ko‘rib chiqilayotgan ikkinchi masala ekanligini ham Valiyev aytib o‘tdi.

Faqat davlat radarlari ishlamayapti

Azizxon Murodovning aytishicha, hozirgi kunda davlat radarlaridan tashqari fuqarolarning o‘zlari tomonidan yo‘l harakati qoidasi buzilganligi haqidagi videolar ham ko‘p kelib tushmoqda. “Tadbirkorlik subyektlari, hokimiyatlar tomonidan qo‘yilgan foto-video radarlardan huquqbuzarliklar Ma’muriy amaliyot tizimiga kech yetib kelyapti. Shuni tartibga solish maqsadida 48 soat etib belgilanmoqda”, – deydi Murodov.

Fuqarolarning o‘zlari ham ko‘rib turadi

Fuqarolarning o‘zlari huquqbuzarligi 48 soat ichida maxsus muassasaga borganligini bilib turadi. “Qaror chiqarilgan vaqtda qaysi soatda buzgani ko‘rinib turadi. Shundan ham fuqaro bilishi mumkin. Buni hech o‘zgartirolmaydi”, – deb vaziyatni tushuntirdi Azizxon Murodov

Теги :
Jamiyat