$
 12158.59
-39.69
 14238.92
-2.57
 157.88
1.31
weather
+26
Кечаси   +14°

Qashqadaryo yo‘llariga yana 15 ta yangi radar qo‘yiladi

radar

Qashqadaryo viloyati hokimi Murod Azimovning yo‘l harakatini raqamlashtirish, yo‘llarga qoidabuzarlikni qayd etuvchi foto va videoqurilmalarni o‘rnatish bo‘yicha farmoyishi eʼlon qilindi.

Unga ko‘ra viloyat yoʻllarida 15 ta radar qurilmalari o‘rnatiladi. Yo‘llarda ushbu komplekslarni o‘rnatish bo‘yicha maxsus ishchi guruh tuzilgan va 11 kishi kiritilgan.

Qayerlarga o‘rnatiladi?

Farmoyishning 2-ilovasida radarlar oʻrnatiladigan hududlar maʼlui qilingan.

Jumladan, Dehqonobod tumanida, M-39 yoʻlida uchta qurilma, Kitob tumanida ikkita qurilma o‘rnatiladi. Koson tumanida A-380 yoʻlida 2ta, Ko‘kdala tumanida A-378 yoʻlida 2ta radar o‘rnatiladi. Shuningdek, Qamashi, G‘uzor va Yakkabog‘ tumanlarida ham radarlar o‘rnatiladi.

Raqamlashtirilgan chorrahalar

Shuningdek, farmoyish bilan raqamlashtirish tasdiqlangan chorrahalar roʻyxati tasdiqlandi. Ro‘yxatdan 68 chorraha oʻrin olgan boʻlib, ular 2 bosqichda raqamlashtiriladi.

Теги :
Jamiyat