$
 12658.19
-100.17
 14672.11
-148.0
 161.44
-1.9
weather
+26
Кечаси   +14°

Qurolli kuchlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlariga diniy marosimlar bo‘yicha yangi cheklovlar joriy qilindi

qurolli kuchlar

29-noyabr kuni qabul qilingan yangi qonun asosida O‘zbekistonning Qurolli kuchlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari uchun diniy faoliyatga oid qator cheklovlar belgilandi. Bu cheklovlar xizmat jarayonida diniy rasm-rusumlar va marosimlarni bajarish, binolarda diniy materiallar saqlash va marosimlarni tashkil etishni taqiqlashni o‘z ichiga oladi.

Mazkur hujjat bilan “Prokuratura toʻgʻrisida”gi, “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi, “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi, “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi toʻgʻrisida”gi hamda “Qoʻriqlash faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga yuqoridagi cheklovni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan. 

Oʻrnatilgan cheklovlar 

Yuqorida sanab oʻtilgan vazirlik va idoralarda xizmat oʻtash bilan bogʻliq cheklovlar sarasiga, jumladan, quyidagilar kiritilgan:

xizmatni oʻtash vaqtida diniy rasm-rusumlar va marosimlarni bajarishga, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan alohida hollar bundan mustasno;

prokuratura organlarining binolarida va hududida diniy rasm-rusumlar va marosimlarni tashkil etishga, diniy mazmundagi materiallar va buyumlarni saqlashga, xizmat majburiyatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq hollar bundan mustasno.

Oʻz navbatida, ushbu cheklovlarga rioya etmaganlik Oʻzbekiston Qurolli kuchlari va huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlari xodimlarini qonunga muvofiq javobgarlikka tortish uchun asos boʻlishi belgilab qoʻyilgan.

Qonun matnida tushuntirilishicha, ayni vaqtda jamoat va davlat xavfsizligini ta'minlash, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish, huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha vazifalarning samarali amalga oshirilishi Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida va huquqni muhofaza qiluvchi organlarda xizmatni oʻtayotgan shaxslar uchun belgilanadigan cheklovlarning qonun bilan tartibga solinishini taqozo etmoqda.

Qonunning maqsadi

Mazkur Qonun ”Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar jangovar shayligini va xizmat faoliyati samaradorligini yanada oshirishga, harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari oʻrtasida tarbiyaviy ishlar natijadorligini ta'minlashga xizmat qiladi”.

Ma'lumot uchun, ushbu tartib rasmiy e'lon qilinganidan keyin bir oy muddat oʻtib kuchga kiradi.

Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarni nazarda tutuvchi qonun loyihachi Parlament Quyi palatasi tomonidan joriy yil 15-oktyabrda qabul qilingan, 23-oktyabrda esa Senat tomonidan ma'qullangan.

O‘zbekiston Qurolli kuchlari 

Qurolli kuchlar urushlar va qurolli mojarolarni qaytarish hamda oldini olish, O‘zbekiston Respublikasining milliy manfaatlarini, suvereniteti, hududiy yaxlitligini hamda aholining tinch hayotini himoya qilish uchun davlat tomonidan tashkil etilgan va saqlab turilgan harbiy birlashmalar, qo‘shilmalar va qismlarni, shuningdek boshqa harbiy tuzilmalarni o‘z ichiga oladi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar

Ular qatoriga qonuniylik va huquqtartibotni muhofaza qilish, inson huquqlari va erkinliklarini himoyalash, jinoyatchilik va boshqa huquqbuzarliklarga qarshi kurash bilan shug‘ullanuvchi idoralar, ya’ni prokuratura, ichki ishlar organlari, Adliya vazirligi, DXX, sudlar, Ombusdman kiradi.

Теги :
Jamiyat