$
 12165.24
-25.19
 14330.65
-32.11
 159.42
-2.67
weather
+26
Кечаси   +14°

Qo‘shtepa kanalining qurilishi O‘zbekiston uchun o‘z xavfsizligini ta’minlovchi omil(mi?)

Qo‘shtepa kanali

Sharqshunos, Afg‘oniston bo‘yicha ekspert Aleksandr Knyazev O‘zbekistonning Afg‘onistonda qurilayotgan Qo‘shtepa kanali bo‘yicha yondashuvi qarama-qarshilik xususiyatida emasligini eng to‘g‘ri yo‘l deb baholab, ushbu kanal O‘zbekiston uchun nozik masala bo‘lishiga qaramay, o‘z xavfsizligini ta’minlashga yordam berishi mumkinligini ta’kidladi. Uning fikricha, Qo‘shtepa kanali ishga tushishi bilan Afg‘oniston shimolidagi qishloq xo‘jaligi rivojlanib, bu chegaradosh viloyatlardagi vaziyatni barqarorlashtirishga yordam beradi.

Yangi mintaqaviy muzokaralar ehtiyoji

Afg‘oniston bo‘yicha ekspert bundan tashqari, Markaziy Osiyodagi suv resurslarini boshqarishdagi kelgusi tashabbuslarda Afg‘onistonning mumkin bo‘lgan talablarini hisobga olish kerakligi, bunday talablarni hisobga olishning to‘g‘ri yo‘li Amudaryo bo‘yida joylashgan barcha davlatlar ishtirokida yangi mintaqaviy muzokaralar o‘tkazish va o‘zaro maqbul yechimlarni izlash lozimligini qayd etgan. 

Shubhalar va ehtimoliy siyosiy tahdid

Afg‘onshunos olim Suhob Bo‘ronov Aleksandr Knyazevning fikrlariga nisbatan munosabat bildirib, “Tolibon” Qo‘shtepa kanalini aynan Afg‘oniston shimolidagi qishloq xo‘jaligini rivojlantirish maqsadida qurayotganiga turli shubhalar bildirish mumkinligini qayd etdi. “Bunday maqsad bo‘lganda shimoldagi qo‘shnilar bilan avvalroq kelishib ish tutilar, Amudaryo havzasidagi davlatlar hamkorlikka taklif etilar edi. Biroq, bunday bo‘lmadi. Bundan tashqari, “Tolibon” suv omilidan qo‘shnilari Eron (Helmand daryosi) va Pokistonga (Kunar daryosi) qarshi siyosiy tahdid quroli sifatida foydalanganini ham unutmaslik lozim”, — deb yozadi Bo‘ronov.

Теги :
Iqtisodiyot