AQSh O‘zbekistonni “qora ro‘yxat”ga kiritishni istamadi
Bir necha yil avval diniy erkinlik bo‘yicha “maxsus kuzatuv ro‘yxati”dan chiqarilgan O‘zbekistonni xalqaro diniy qo‘mita qayta qo‘shishni taklif qildi.
1 daqiqa o‘qiladi

Bir necha yil avval diniy erkinlik bo‘yicha “maxsus kuzatuv ro‘yxati”dan chiqarilgan O‘zbekistonni xalqaro diniy qo‘mita qayta qo‘shishni taklif qildi. Ammo bu talab qo‘shma shtatlar tomonidan ma’qullanmadi.
Davlat departamenti taklifni rad etdi
Xalqaro diniy erkinlik bo‘yicha komissiya(USCIRF) O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonni “maxsus kuzatuv ro‘yxati”ga kiritishni taklif etdi. Ammo AQSh Davlat departamenti bundan bosh tortdi. Ammo Ozarbayjon, Jazoir, Vyetnam, Komor orollari va Markaziy Afrika Respublikasini bu ro‘yxatga qo‘shdi.
O‘zbekiston 2018-yilda ro‘yxatdan chiqqan edi
O‘zbekiston 2006-yilda ushbu ro‘yxatga qo‘shilib, “alohida kuzatilishi” kerak bo‘lgan mamlakatlardan biri sifatida ko‘rilgan edi. Ro‘yxatdagi davlatlar 1998-yilgi xalqaro diniy erkinlik to‘g‘risidagi qonunga binoan, “diniy erkinlikning muntazam va qo‘pol buzilishi”ga aybdor deya topilib shakllantiriladi. AQSh esa bu ro‘yxatni shakllantirar ekan, “dunyo bo‘ylab diniy sabablarga ko‘ra yuz berishi mumkin bo‘lgan ta’qiblarni to‘xtatish uchun tinimsiz harakat qiladi”. Ammo 2018-yilda, mamlakatlarda yuz bergan o‘zgarishlar tufayli Sudan va O‘zbekiston ro‘yxatdan chiqarilgan edi.
Yanada salbiyroq ro‘yxat
Davlat departamenti diniy erkinlik qo‘mitasida “alohida tashvish tug‘diruvchi davlatlar” mavjud bo‘lgan ro‘yxatdan Afg‘oniston, Hindiston, Nigeriya va Vyetnamni olib tashladi. Ammo u yerda O‘zbekistonning “yaqinlari” bo‘lgan Xitoy, Rossiya, Tojikiston va Turkmaniston hali ham bor.



