$
 12790.12
-4.9
 13936.11
42.0
 130.03
-1.59
weather
+26
Кечаси   +14°

9 oyda qo‘pol qonunbuzilishlarga yo‘l qo‘ygan 8 mingdan ortiq mansabdor ma’muriy javobgarlikka tortildi

mansabdorr

O‘zbekistonda 2024-yilning 9 oyida davlat organlarining 44 mingdan ziyod noqonuniy hujjati bekor qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining kengaytirilgan hay’at majlisida aytib o‘tildi. Majlisda 9 oyda amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi. 

123 mingdan ziyod murojaatdan 78 foizi qonuniy hal etildi

Yig‘ilishda norma ijodkorligi, huquqiy va davlat xizmatlari ko‘rsatish, murojaatlar bilan ishlash, ochiqlik siyosati va boshqa sohalar kesimida tahliliy ma’lumotlar keltirildi. Xususan, 1 ming 569 normativ-huquqiy hujjat loyihasi huquqiy ekspertizadan o‘tkazildi. Tashabbus bilan 187 loyiha ishlab chiqildi. Joylarda 420 mingdan ziyod huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. 

Kelib tushgan 123 mingdan ziyod murojaatdan 78 foizi qonuniy hal etilib, fuqaro va tadbirkorlar manfaatida kiritilgan ta’sir choralari natijasida pul mablag‘i undirib berildi. 

8 ming 93 nafar mansabdor shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi

Davlat organlarining 44 mingdan ziyod noqonuniy hujjati bekor qilindi. Qo‘pol qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘ygan 2 ming 686 nafar shaxs intizomiy hamda 8 ming 93 nafar mansabdor shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. 

Davlat xizmatlari markazlari tomonidan aholiga 8,4 milliondan ortiq xizmat ko‘rsatildi. Xizmat ko‘rsatish jarayoni va bosqichlari soddalashtirilishi natijasida o‘rtacha xizmat ko‘rsatish vaqti 5 daqiqani tashkil etmoqda. 

Yuridik xizmat markazlari tomonidan davlat tashkilotlarining 6,3 milliondan ziyod hujjati loyihalari bo‘yicha huquqiy xulosalar berildi. Shu bilan birga, sohada ayrim muammolar mavjudligi, jumladan, murojaatlar bilan ishlashda ayrim rahbarlarning qat’iyatsizligi va huquqni qo‘llash sohasidagi muammolarni hal etishda tizimli yondashuvning yetishmasligi kabi kamchiliklar mavjudligi ta’kidlanib, ularni bartaraf qilish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Теги :
Iqtisodiyot