$
 12803.06
26.0
 13902.84
-17.77
 131.84
0.4
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda ish haqi va nafaqa pullarining 5,2 mlrd. so‘mi talon-toroj qilindi

dollar

O‘zbekistonda ish haqi va nafaqa pullarining 5,2 mlrd. so‘mi talon-toroj qilingani aniqlandi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsuddinov ma’lumot berdi.

Aholi bandligini ta’minlash sohasidagi qonunbuzarliklar

Bosh prokuratura tomonidan aholi bandligini ta’minlash sohasida aniqlangan qonunbuzilishi holatlari bo‘yicha 1 ming 198 nafar shaxs intizomiy, ma’muriy va moddiy javobgarlikka tortildi, 61 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi hamda 8 ming 573 nafar shaxsning buzilgan huquqlari tiklandi. 366 nafar ishchi-xizmatchilarning kechiktirilgan 2,4 mlrd. so‘m ish haqlari undirib berilishi ta’minlandi.

Shu bilan birga, ish haqi va nafaqa pullarining 5,2 mlrd. so‘mi talon-toroj qilingani aniqlanib, 63 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Tadbirkorlarning buzilgan huquqlari

Tadbirda tadbirkorlarga har tomonlama ko‘mak berish, ularning faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarni bartaraf etish bo‘yicha ham ishlar olib borilayotgani qayd etildi.

Jumladan, 15 ming 867 ta holatda tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuv aniqlanib, bartaraf etildi. 12 ming 293 nafar tadbirkorlarning buzilgan huquqlari tiklandi. Xorijiy investorlar faoliyatida yuzaga kelgan 2 ming 821 ta muammolar ijobiy hal etildi.