Dushanba, 26-oktabr, 2026
Havo 87 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +7° kechasi +6°

“Motivatorlar” uchun qonun qabul qilindi

Endilikda psixologlar va biznes treninglar faoliyati qonun doirasida tartibga solinadigan bo‘ldi.

2 daqiqa o‘qiladi

“Motivatorlar” uchun qonun qabul qilindi

Endilikda psixologlar va biznes treninglar faoliyati qonun doirasida tartibga solinadigan bo‘ldi.

Yangi qonun dasturi ishlab chiqiladi

Oxirgi vaqtlarda soni haddan oshib ketgan motivatorlar, psixolog va biznes-trenerlarning faoliyati ham tartibga solinmoqda. Ushbu faoliyatlarni tartibga solish maqsadida “Aholiga psixologik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Bu xabarni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Shahnoza Xolmamatova o‘z Telegram kanalida e’lon qildi.

“O‘zini psixolog hisoblab odamlarning vaqtini o‘marishmoqda”

“Joylarda o‘tkazilayotgan uchrashuv va muloqotlarda 2 yoki 3 oylik shubhali kurslarni tamomlagan shaxslar o‘zlarini “psixolog” deb tanishtirib, odamlarning qimmatli vaqti va mablag‘ini “o‘g‘irlayotganligi”, bu masalani qonun bilan tartibga solish zaruratiga oid masala tez-tez ko‘tarilib turgandi. Ko‘p millionli auditoriyani o‘zida jamlayotgan ijtimoiy tarmoqlarni ham kuzatdik: haqiqatdan ham, 5-6 ta risolani varaqlab chiqib, odamlarning ishonchiga kirib, ularning ruhiy, ma’naviy dunyosiga daxl qilayotgan “psixolog”lar ko‘payganini ko‘rib turibmiz”, — deya buni izohlaydi deputat.

Adliya bilan hamkorlikda ishlab chiqildi

Ushbu qonun loyihasi Qonunchilik palatasi deputatlari hamda Adliya vazirligi hamkorligida yaratilgan, bir necha sohaning mutaxassislari ishtirok etgan. Tez orada qonunning tasdiqlanishi kutilmoqda.

“Demoqchi bo‘lganim, hozircha ilk va muhim qadam qo‘yildi, psixologlar faoliyatiga oid huquqiy asos yaratiladi. Qonun loyihasida aks ettirilayotgan normalar va ularning mazmun-maqsadiga keyinroq to‘xtalib o‘taman”, - dedi Shahnoza Xushmamatova.