Juma, 23-oktabr, 2026
Havo 72 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +20° kechasi +8°

Qurolli kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun yangi taqiqlar o‘rnatilmoqda

Prezident tomonidan 2024-yil 29-noyabrda imzolangan qonun bilan O‘zbekistonning ayrim qonunlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

2 daqiqa o‘qiladi

Qurolli kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun yangi taqiqlar o‘rnatilmoqda

Prezident tomonidan 2024-yil 29-noyabrda imzolangan qonun bilan O‘zbekistonning ayrim qonunlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Qanday cheklovlar joriy etildi?

Qonun O‘zbekiston Qurolli Kuchlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari faoliyatiga bir qator yangi tartib va cheklovlarni o‘z ichiga oladi. Jumladan:

  • Harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlariga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish taqiqlanadi.
  • Xizmat vakolatlarini bajarish yoki bajarmaslik evaziga mukofot, foyda yoki sovg‘a olish qat’iyan taqiqlanadi.
  • Qonunchilikda nazarda tutilmagan imtiyozlar yoki afzalliklardan xizmat mavqeiga asoslanib foydalanish mumkin emas.

Qonun qachon kuchga kiradi?

Mazkur qonun rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab bir oy o‘tgach, kuchga kiradi.

Maqsad nima?

Yangi o‘zgarishlar Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning jangovar shayligi va xizmat samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan. Shu bilan birga, bu qadamlar qonunchilik asosida huquq-tartibot tizimining ishonchliligini oshirish va korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirishni ko‘zda tutadi.

Cheklovlar aniq belgilangan emas edi

Avvalgi qonunchilikda Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi yoki xizmat vakolatlarini shaxsiy manfaatlar uchun ishlatishga oid aniq taqiqlar yo‘q edi.

Shuningdek, Harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan mukofot, foyda yoki sovg‘alar qabul qilishga doir cheklovlar aniq belgilangan emas edi. Bu esa ayrim hollarda suiiste'molliklarning oldini olishda murakkabliklarni keltirib chiqarishi mumkin edi.

Xodimlar xizmat mavqeidan foydalanib, qonunchilikda ko‘zda tutilmagan imtiyoz va prafrentiyalardan foydalanishi mumkin bo‘lgan bo‘shliq mavjud edi.