$
 12858.15
-58.95
 14505.28
44.59
 159.71
-0.43
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Endi ishga kirmoqchi boʻlgan shaxslar qog‘ozbozlik bilan shug‘ullanmaydi

Qog

Senatning 54-yalpi majlisida ““Aholi bandligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, ish qidirayotgan shaxslarni roʻyxatga olish tartibi soddalashtirilmoqda.

“Raqamli hukumat” tizimi jonlantiriladi

Yaʼni, ish qidirayotgan shaxslarning ish staji, maʼlumoti (mavjud boʻlgan taqdirda), ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va boshqa maʼlumotlar mahalliy mehnat organi tomonidan masʼul davlat organlari va tashkilotlardan mustaqil ravishda, shu jumladan “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab olinadi.

Ishga joylashtirishga doir yoʻllanmalar va ishga joylashishga koʻmaklashish yuzasidan murojaatnomalar asosida ish qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish tartibi “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Qonun talablariga muvofiqlashtirilmoqda.

Mehnat shartnomasi bekor qilinganda moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash kafolatlari

Bundan tashqari, mehnat shartnomasi qonunga asosan bekor qilinganda moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha kafolatlar belgilanmoqda.

Xususan, agar mehnat shartnomasi bekor qilinsa, ish qidirish davrida sobiq xodimga koʻpi bilan ikki oy davomida moddiy yordam beriladi. Bunda toʻlanadigan oʻrtacha oylik haqining ishdan boʻshatish nafaqasi hisobga olinadi.

Ishsiz shaxslarga stipendiya to‘lash shartlari belgilanmoqda

Shuningdek, haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etiladigan shaxslar bilan bunday ishlarda ishtirok etish uchun mehnat shartnomasi muddatini o‘n bir oygacha bo‘lgan muddatga tuzish asoslari, ishsiz shaxslarga stipendiya to‘lash shartlari belgilanmoqda hamda Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish yo‘nalishlari takomillashtirilmoqda.

Hujjatda ishsiz shaxslarga kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash yoki malaka oshirish davrida Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan stipendiyalarni to‘lash mezonlari aniq belgilanmoqda.