Yakshanba, 18-oktabr, 2026
Havo 90 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☁ +13° kechasi +11°

Qodirov: "Yangi tariflar bu yordam, talab emas"

"Milliy tiklanish" partiyasi yetakchisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Alisher Qodirovning fikricha 200 kilovattgacha 450 so‘mdan, 1000 kilovattgacha 900 so‘mdan sotilishi haqidagi qarorni talab sifatida emas, yordam sifatida qabul qilish kerak.

2 daqiqa o‘qiladi

Qodirov: "Yangi tariflar bu yordam, talab emas"

O'zbekistonda har yoz va qish faslida elektr energiyasi mavzusi aktuallashadi. Aholinig elektr quvvatiga bo‘lgan ehtiyoji keskin ortadi. Yozda sovutish, qishda isitish maqsadida.So‘nggi kunlarda ham ijtimoiy tarmoqlarda elektr energiyasining yangi tariflari va ijtimoiy normalarning joriy etilishi qizg‘in muhokama qilinmoqda.

Yangi tarifdan aholi norozi 

Foydalanuvchilar o‘rnatilgan ijtimoiy me’yor hatto o‘rtacha oilaning ehtiyojlarini ham qoplamasligini, bu esa odamlarni limitdan oshib ketgani uchun sezilarli darajada ko‘proq pul to‘lashga majbur qilishini ta’kidlab, norozilik bildirmoqda. Bundan tashqari, har bir kishi konditsionerlardan faol foydalanadigan yozgi davrni hisobga olmaydi.

Iqtisodiy o'sishimiz energetika sohasiga birmuncha bog'liq

"Milliy tiklanish" partiyasi yetakchisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Alisher Qodirov elektr energiyasining yangi tariflarini talab emas, yordam sifatida ko‘rish kerakligini aytdi. 

Unga ko‘ra, 1 kilovatt elektr energiyasining tannarxi 990 so‘m.

"200 kilovattgacha 450 so‘mdan, 1000 kilovattgacha 900 so‘mdan sotilishi haqidagi qarorni talab sifatida emas, yordam sifatida qabul qilish kerak! Energetika sohasi bozor munosabatlariga qanchalik tez o‘tsa, iqtisodiyotimiz shunchalik tez o‘sadi, aholi daromadlari oshadi, ish o‘rinlari ko‘payadi va, albatta, ta’minot tizimlari talabga javob beradi", - deb izoh bildirgan Qodirov shaxsiy blogida.

Yangi ijtimoiy norma

Eslatib o'tamiz, yurtimizda shu vaqtgacha barcha uchun elektr energiyasi narxi 1 kilovatt uchun 295 so‘mni tashkil qilgan. Mahsulot tannarxi esa 800 so‘m edi. Davlat iste’molchilarga har bir kilovatt uchun 505 so‘m subsidya ajratgan. Avvalroq gaz va svet uchun yangi ijtimoiy norma qabul qilinganligi va narx oshishiga nisbatan jamoatchilik munosabatini e'lon qilgan edik. Ma'lumot uchun ushbu qaror 1-maydan kuchga kirgan.