“Xalqaro shartnomalarga qoʻshilish toʻgʻrisida” Prezident qarori qabul qilindi
Raqamli texnologiyalar vazirligi mazkur xalqaro shartnomalarning amalga oshirilishi uchun mas'ul boʻlgan vakolatli organ etib belgilandi.
1 daqiqa o‘qiladi

Joriy yilning 16-oktyabr kuni “Xalqaro shartnomalarga qoʻshilish toʻgʻrisida” Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” Telegram kanali xabar berdi.
Bayonnoma, konvensiya va bitimlar
Qarorga koʻra, O’zbekiston quyidagi bayonnoma, konvensiya va bitimlarga qoʻshildi:
Umumjahon pochta ittifoqining umumiy reglamentiga ikkinchi qoʻshimcha bayonnomaga (Addis-Abeba, 2018-yil 7-sentyabr);
Umumjahon pochta ittifoqining umumiy reglamentiga uchinchi qoʻshimcha bayonnomaga (Abidjan, 2021-yil 26-avgust);
Umumjahon pochta konvensiyasiga (Abidjan, 2021-yil 26-avgust);
Umumjahon pochta konvensiyasiga yakuniy bayonnomaga (Abidjan, 2021-yil 26-avgust);
Pochta toʻlov xizmatlari toʻgʻrisidagi bitimga (Abidjan, 2021-yil 26-avgust);
Pochta toʻlov xizmatlari toʻgʻrisidagi bitimga yakuniy bayonnomaga (Abidjan, 2021-yil 26-avgust).
Raqamli texnologiyalar vazirligi vakolatli organ etib belgilandi
Raqamli texnologiyalar vazirligi mazkur xalqaro shartnomalarning amalga oshirilishi uchun mas’ul boʻlgan vakolatli organ etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnomalar kuchga kirgandan keyin ularning qoidalari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlaydi.



