$
 12208.08
32.74
 14116.20
52.46
 155.00
0.71
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston birinchi ma’muriyati qarshiligiga uchragan Qirg‘izistonning “asr loyihasi” qurilishi uchun 6,5 yil vaqt sarf etiladi

qambarota ges

Qirg‘iziston energetika vaziri Taalaybek Ibrayev “Qambarota GES-1” loyihasi 6,5 yilda to‘liq qurilishi haqida gapirdi.

May oyida Qirg‘iziston, Qozog‘iston va O‘zbekiston loyiha yuzasidan yana yig‘ilish o‘tkazadi

Taalaybek Ibrayevning so‘zlariga ko‘ra, hozirda loyiha uchun davlat budjetidan 4 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilib, tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Bu mablag‘ evaziga tunnel, yo‘l va ko‘priklar qurilgan. Bundan tashqari, obyektda ishlaydigan xodimlar uchun yotoqxona ham barpo etilmoqda. “Qirg‘iziston, Qozog‘iston va O‘zbekiston “Qambarota GES-1”ni qurish bo‘yicha qo‘shma qaror qabul qildi. Shunga muvofiq, uch mamlakat o‘rtasida qo‘shma korxona tashkil etiladi. Aynan shu kompaniya davlatlar o‘rtasidagi kelishuvni tayyorlaydi. May oyida Turkiyada uchrashuvimiz rejalashtirilgan, u yerda qaysi jahon donorlari va qancha miqdorda mablag‘ ajratishi ma’lum bo‘ladi”, - deydi u.

Moliyalashtirish masalasi hal etilsa, yil oxirida qurilish boshlanadi

Uning qo‘shimcha qilishicha, hisob-kitoblarga ko‘ra, “Qambarota GES-1” qurilishi uchun 3,5 mlrd. dollar talab etiladi va qurilish yakunlanishi 6,5 yil vaqtni o‘z ichiga oladi. Agar joriy yilda moliyalashtirish masalasi hal etilsa, yil oxirida ishlar boshlanadi. “Kelishuvlar imzolangandan so‘ng qurilish kompaniyalari o‘rtasida tanlov e’lon qilinadi. U uch bosqichda o‘tkaziladi. Pudratchi tanlangandan keyin qurilish boshlanadi”, — deydi vazir.

“Qambarota GES-1” imkoniyatlari

Avvalroq Qirg‘iziston energetika vaziri Talaybek Ibrayev Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan davra suhbatida loyiha haqida quyidagicha fikr bildirib, “Qirg‘izistonda “Qambarota GES-1” qurilishini “asr loyihasi”, deb ataymiz, chunki u mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirish va butun Markaziy Osiyo mintaqasining uzoq muddatli rivojlanishiga xizmat qilish salohiyatiga ega”, degan edi. So‘nggi e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, “Qambarota GES-1” har yili 5 milliard kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Qiyos uchun, prezident Japarovning ma’lumotiga ko‘ra, 2024 yilda Qirg‘izistonda elektr energiyasi tanqisligi 3,9 milliard kVt/soatga yetadi.

 Islom Karimov va hukumat a’zolari qarshiligi

GESning qurilish loyihasiga mamlakatning birinchi prezidenti Islom Karimov va hukumat a’zolari qarshi turishgan. Sababi, quyi oqimdagi O‘zbekiston suv omborini dastlabki to‘ldirish va bundan buyon yillik bug‘lanish Sirdaryoda sug‘orish uchun mavjud bo‘lgan suv oqimini kamayishiga olib kelishi, to‘g‘ondan ishlab chiqariladigan energiya, agar Afg‘oniston kabi janubiy mamlakatlarga eksport qilinsa, O‘zbekistonning elektr energiyasi eksporti bozoriga ham zarar etkazishi mumkin bo‘lgan. O‘zbekiston hukumatining Toshkentdagi ma’lumotlariga ko‘ra, Qambarota-1 suv tanqisligi, shuningdek, O‘zbekistonga ekologik va iqtisodiy zarar yetkazadi hamda xalqaro qonunlarga zid ravishda taklif qilingan.

Ma’lumot uchun, “Qambarota GES-1”ni loyihalash ishlari bundan qariyb 43 yil muqaddam Toshkentda boshlangan. Qurish uchun birinchi urinish 1986-yilda bo‘lgan, biroq 1991-yilda Sovet Ittifoqi parchalanishi tufayli qurilish to‘xtatilgan, keyinchalik O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov qurilishiga qarshi bo‘lgan.

Теги :
Jamiyat