$
 12142.10
-52.11
 14079.98
95.66
 150.53
0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

Sadir Japarov “tinchib ketgan” Qambarota GES-1 haqida og‘iz ochdi

Qambarota

Qirig‘iston prezidenti Sadir Japarov uch davlatni birlashtiruvchi loyiha Qambarota GES-1 ni qurish uchun investitsiyalar jalb etish shartlarini tushuntirib, fuqarolarga murojaat qildi. Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, gap juda qulay shartlardagi qarz haqida ketmoqda.

“Biz 1,5 milliard dollarni 50-yil muddatga foizsiz jalb qilmoqdamiz. Imtiyozli davr — 10-yil. Qurilish 7–8-yil davom etadi, shundan so‘ng stansiya darhol ishga tushadi”, dedi Japarov.

GESning imkoniyatlari qarzni 15 yilda qoplashga yetadi

Prezident Qambar-Ota GES-1 haqida so‘z yuritar ekan, stansiya faoliyatidan olinadigan daromadlar qarzni belgilangan muddatdan ancha oldin qaytarish imkonini berishini qayd etdi.

“Uning faoliyatidan olinadigan daromadlar kreditni 50-yilda emas, taxminan 15-yilda to‘liq qoplash imkonini beradi”, — dedi u.

Loyihaning umumiy qiymati qanday?

Loyihaga ko‘ra, Qambarota GES-1 har yili 5 milliard kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Qiyoslash uchun, prezident Japarovning ma’lumotiga ko‘ra, 2024-yilda Qirg‘izistonda elektr energiyasi tanqisligi 3,9 milliard kVt/soatga yetgan. Loyihaning boshlang‘ich qiymati 4,5 milliard dollarga baholangan.

Davlatlar ulushi

 Qozog‘istonning “Ochiq normativ-huquqiy hujjatlar” saytida e’lon qilingan ma’lumotlarda Qambarota GES-1 qurilishi va ekspluatatsiyasi loyihasini amalga oshirish maqsadida aksiyadorlik jamiyati tashkil etilishi belgilangan. Bunda Qirg‘iziston tomonining loyihadagi va ustav kapitalidagi ulushi 34 foizni, Qozog‘iston va O‘zbekiston tomoni esa 33 foizni tashkil qiladi.

GESga qirg‘iz tomonining egalik huquqi

Tomonlarning loyiha doirasidagi hamkorligi asosiy tamoyillari esa Qambarota GES-1da ishlab chiqariladigan elektr energiyasining barcha hajmini tomonlar belgilagan tashkilotlar tomonidan kafolatlangan xarid qilishdan iborat bo‘ladi. Loyiha amalga oshirilgach, Qambarota GES-1 aksiyalari va aktivlari to‘liq qirg‘iz tomonining mulkiga o‘tadi.

GESning muammoli tarixi

Loyihalash ishlari bundan qariyb 43-yil muqaddam Toshkentda boshlangan, uni qurishga birinchi urinish 1986-yilda bo‘lgan, biroq 1991-yilda Sovet Ittifoqi parchalanishi tufayli qurilish to‘xtatilgan. GESning qurilish loyihasiga mamlakatning birinchi prezidenti Islom Karimov va hukumat a’zolari qarshi turishgan. Sababi, quyi oqimdagi O‘zbekiston suv omborini dastlabki to‘ldirish va bundan buyon yillik bug‘lanish Sirdaryoda sug‘orish uchun mavjud bo‘lgan suv oqimini kamayishiga olib kelishi, to‘g‘ondan ishlab chiqariladigan energiya, agar Afg‘oniston kabi janubiy mamlakatlarga eksport qilinsa, O‘zbekistonning elektr energiyasi eksporti bozoriga ham zarar etkazishi mumkin bo‘lgan. O‘zbekiston hukumatining Toshkentdagi ma’lumotlariga ko‘ra, Qambarota-1 suv tanqisligi, shuningdek, O‘zbekistonga ekologik va iqtisodiy zarar yetkazadi hamda xalqaro qonunlarga zid ravishda taklif qilingan.

Mirziyoyev roziligi

2021-yilning 11—12-mart kunlari Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning Toshkentga qilgan safari chog‘ida esa Shavkat Mirziyoyev “Qambarota-1” GESi qurilishida Qirg‘iziston bilan hamkorlik qilishga rozilik bildirgandi. Shundan so‘ng 13-mart kuni O‘zbekiston Energetika vaziri Bishkekda “Qambarota” bo‘yicha navbatdagi shartnomani imzolaydi. 

Shundan so‘ng, 2023-yil yanvar oyida Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston energetika idoralari rahbarlari Norin daryosida Qambarota GES-1 qurilishi loyihasini amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasini imzolagan edi. O‘sha yilning mart oyida esa tomonlar energetika vazirliklari GES qurilishi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazgan.

Jahon bankining aralashuvi

Yil boshida Toshkentda bo‘lib o‘tgan loyiha muhokamasida Jahon bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Tatyana Proskuryaova Jahon banki uch davlat hukumatlarini mintaqaning barqaror energiya kelajagini ta’minlash, iqtisodiy o‘sishni tezlashtirish va fuqarolar turmush darajasini yaxshilash yo‘lidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini aytgan. Tomonlar “Qambarota GES-1” loyihasini birgalikda rivojlantirish va amalga oshirish bo‘yicha asosiy tamoyillarni kelishib olgan. Shuningdek, tadbirda loyiha asosiy bosqichlari belgilanib, amalga oshirish tuzilmasi tasdiqlanadi.

Теги :
Jamiyat