Putin va Trampning telefon suhbati 1,5 soat davom etdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali uzoq gaplashdi.
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali uzoq gaplashdi. Ularning suhbati bir yarim soatdan ham ko‘proq davom etdi. Suhbatda Ukrainadagi urushdan tortib, Eron atrofidagi vaziyatgacha bo‘lgan muhim xalqaro masalalar muhokama qilindi.
Ehtimoliy sulh
Putin 9-may arafasida Ukrainada vaqtincha o‘t ochishni to‘xtatishga tayyorligini aytdi. Yuriy Ushakovning so‘zlariga ko‘ra, Tramp bu taklifni qo‘llab-quvvatlagan va bu sanani ramziy, ya’ni umumiy g‘alaba kuni deb baholagan. Ammo Tramp bu fikrni aslida u taklif qilganini ta’kidlab, bu reja amalga oshishiga umid bildirmoqda.
Frontdagi vaziyat
Putinning aytishicha, Rossiya qo‘shinlari oldinga siljib, Ukraina armiyasiga bosim o‘tkazmoqda. U “maxsus operatsiya” maqsadlariga har qanday holatda erishilishini ta’kidladi. Tramp esa mojaro tugashi bo‘yicha kelishuv yaqin bo‘lishi mumkin deya hisoblaydi.
Eron va boshqa masalalar
Suhbat davomida yana quyidagi mavzular ham muhokama qilindi:
Eronga nisbatan o‘t ochishni to‘xtatish rejimini uzaytirish
Tehronning yadro masalasini hal qilish yo‘llari
AQShning Eronga qarshi quruqlikdagi harbiy operatsiyasi xavfi (Putin buni xavfli deb atadi)
Iqtisodiyot va energetika sohasidagi hamkorlik
Bundan tashqari, Putin Trampga qilingan suiqasd urinishni qoraladi va uning rafiqasi Melania Trampnini tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi. U Melaniyaning xayriya ishlarini ham alohida eslab o‘tdi.
Rossiya bundan oldin ham qisqa muddatli sulhlar e’lon qilgan:
— 2025-yil may oyida (G‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan)
— 2026-yil Pasxa bayramida
Lekin bu sulhlar uzoq davom etmagan.



