$
 12694.87
-25.13
 13766.32
-61.59
 139.48
-0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

Samarqandda 8-sinf o‘quvchisi farzandli bo‘lgani aytilmoqda

baby

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatidagi 22-maktabning 8-sinf o‘quvchisi o‘g‘il farzandli boʻlgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Ota 10-sinf

Dastlabki toʻplangan tergovga qadar tekshiruv hujjatlariga ko‘ra, 2024-yil 8-may kuni Samarqand viloyatida yashovchi fuqaro U.Z. ariza bilan murojaat qilgan. Unda E.J. uning 2009-yilda tugʻilgan voyaga yetmagan qizi Z.P. bilan 2023-yil avgust oyida voyaga yetmaganligini bila turib jinsiy aloqa qilganini aytgan. 

Oqibatida homilador bo‘lganligi hamda 2024-yil 7-may kuni Toyloq tumani tibbiyot birlashmasining tug‘ruq bo‘limida tuqqanligini aytib, unga nisbatan qonuniy chora koʻrishlikni soʻrab murojaat qilgan.

Maʼlum qilinishicha, gumonlanuvchi 2006-yilda tug‘ilgan. Tumandagi maktablarning birida 10-sinfda o‘qiydi. Muqaddam sudlanmagan.

Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Mazkur holat yuzasidan JKning 128-moddasi (O‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxs bilan moddiy qimmatliklar berish yoki mulkiy yoxud boshqacha tarzda manfaatdor etish orqali jinsiy aloqa qilish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Теги :
Жамият