$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Rossiyadagi o‘zbekistonlik futbolchilar qancha “oylik” oladi?

Futbol va pul

Ko‘plab odamlar futbolchilarni juda yuqori maosh olishadi, deb o‘ylashadi. Xo‘sh, aslida ham shundaymi? Keling, buni RPLda to‘p tepuvchi hamyurtlarimiz misolida ko‘rib chiqamiz.

Rustam Ashurmatov – RUSTAT indeksi bo'yicha turning eng yaxshi futbolchisi  / CHAMPIONAT.asia

Rustam Ashurmatov

Cashsport.ru nashri Rossiya Premer-ligasida faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonlik himoyachi Rustam Ashurmatovning "Rubin" klubidagi maoshini ma’lum qildi. Klubning o‘zbekistonlik himoyachi bilan kelishuviga ko‘ra, Ashurmatovning yillik maoshi 100 ming yevroni tashkil qiladi. Bu oylik 8 333 yevro, haftalik qariyb 2 ming yevro maoshdir. Qozon klubidagi yana o‘zbekistonlik Umarali Rahmonaliyevning maoshi ochiqlanmagan.

Abbos Fayzullayev 

Rossiyaning Sashsport saytiga ko‘ra, o‘zbekistonlik 21 yoshli yarimhimoyachi Moskva klubida yillik 110 ming yevro maosh olmoqda. Bu oylik 9167 yevro maosh deganidir. Fayzullayev SSKA yetakchilaridan biri sanalsada, maoshlar miqdori bo‘yicha klubdagi eng kam haq oluvchilar qatorida turibdi. Jumladan, jamoa sardori sanalmish darvozabon Igor Akinfeyevning yillik maoshi 1,6 million yevroni tashkil etsa, Diveyev 1,5 mln. yevro, Oblyakov 1,25 mln. yevro, Krugovoy 1 mln. yevro maosh olishi ko‘rsatilgan.

Taqqoslash uchun, insayder Narzulla Saydullayevning ma’lumotlariga ko‘ra, Superligada o‘ynagan ko‘plab futbolchilarning maoshi 20-30 ming AQSH dollari atrofida.

Теги :
Jamiyat