$
 12695.00
11.01
 13648.39
0.42
 138.12
-1.12
weather
+26
Кечаси   +14°

Oʻzbekistondagi “Gigant” kompaniya va IESlar bosqichma-bosqich xususiylashtiriladi

NKMK

“Davlat ishtirokidagi yirik korxonalarni transformatsiya qilish va xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilinganligi haqida xabar bergan edik. Unga ko‘ra, NKMKning 5 foizgacha, OKMKning 7 %gacha hamda IESlarning 51% davlat ulushi ham sotuvga qo‘yilishi belgilandi.

75,2 va 100 % li davlat ulushlari sotuvda

Qarorda 2024 yilning oxirigacha “Samarqand avtomobil zavodi” MChJdagi 75,2 foiz, “Dehqonobod kaliy zavodi”dagi 100 foiz davlat ulushi ommaviy savdoga chiqarilishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, 7 ta yirik kompaniyadagi ulushlar pofessional konsultantlarni jalb qilgan holda, xalqaro bozorda ommaviy savdolarga chiqariladi:

Gigant kompaniyalar bo‘lmish Navoiy KMK, Olmaliq KMK, “O‘zbekgidroenergo” va “O‘zbektelekom” AJ aksiyalarining ham 5 foizgacha qismi birlamchi (IPO) yoki ikkilamchi (SPO) ommaviy taklif vositalari orqali xalqaro fond bozorlariga chiqariladi.

IPO nima?

IPO (ingliz tilidan olingan – Initial Public Offering) – aksiyadorlik jamiyati aksiyalarini birlamchi oshkora taklif etish degan ma’noni bildiradi. Ya’ni aksiyalarning cheklanmagan shaxslar orasidagi dastlabki sotuvi va dastlabki taklif qilinishidir. IPO’ni o‘tkazishdan asosiy maqsad – korxonani rivojlantirish uchun keng doiradagi investorlardan kapital jalb qilish hisoblanadi.

Ikkilamchi ommaviy taklif

SPO (ikkilamchi ommaviy taklif) - bu allaqachon mavjud bo'lgan va kimgadir tegishli bo'lgan, ikkilamchi bozordan olingan aktsiyalarning taklifi. Qoidaga ko'ra, kompaniyaning ta'sischilari, ya'ni asl aktsiyadorlar yoki shu tarzda o'z daromadlarini aniqlaydigan venchur fondlari o'z qimmatli qog'ozlarini SPO orqali sotadilar.

SPO, IPOdan farqli o'laroq, kompaniyaning ustav kapitali hajmiga ta'sir qilmaydi. Ammo shu bilan birga, bunday joylashtirish hali ham kompaniyani ochiq qiladi, ya'ni aktsiyalari qimmatli qog'ozlar bozorida erkin sotiladigan kompaniya. Bundan tashqari, aktsiyadorlar soni ko'payadi, bu esa aktsiyalarni likvid(naqd)qiladi.

IESlar bosqichma-bosqich xususiylashtiriladi

Shuningdek, qarorda Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Davaktiv va Energetika vazirligi birgalikda 2024-yilning 1-iyuliga qadar jalb etiladigan konsultant taklifi asosida «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ ustav kapitalidagi 51 foiz va undan yuqori miqdordagi davlat ulushini yoxud uning takibidagi alohida issiqlik elektr stansiyalarini xususiylashtirish belgilangan.

Теги :
Жамият