$
 12675.00
4.95
 13616.75
56.0
 138.36
0.36
weather
+26
Кечаси   +14°

UzAuto’ning 38 ta korxonasi sotuvga qo‘yildi

UzAuto

Shavkat Mirziyoyev “Davlat ishtirokidagi yirik korxonalarni transformatsiya qilish va xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi.

Qarorga ko‘ra, quyidagilar tasdiqlandi:

-        Professional konsultantlarni jalb qilgan holda xalqaro bozorda ommaviy savdolarga chiqariladigan aksiya paketlari (ulushlari) ro‘yxati;

-        Xalqaro fond bozorida aksiyalarining birlamchi (IPO) yoki ikkilamchi (SPO) ommaviy taklifi o‘tkaziladigan davlat ishtirokidagi yirik korxonalar ro‘yxati;

-        Davlat ishtirokidagi yirik korxonalar ustav kapitalidagi aksiya paketlarini (ulushlarini) xususiylashtirish oldi tayyorgarlik ishlarini muvofiqlashtirishga mas’ul bo‘lgan ishchi guruhlar (ishchi guruhlar) tarkibi.

Xususiylashtirishga tayyorlash vazirlikka topshirildi

Shuningdek, savdo jarayonlarini tashkil etish uchun professional konsultantlar jalb etilishi va davlat ishtirokidagi yirik korxonalar tomonidan nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining barqaror ko‘rsatkichlariga erishilishini muvofiqlashtirib borish ishchi guruhlarning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

Shu bilan birga, Iqtisodiyot va moliya vazirligi aksiyador bo‘lgan davlat ishtirokidagi yirik korxonalarni xususiylashtirishga tayyorlash, ishonchli boshqaruvchilarni jalb etish va mazkur jarayonlarni muvofiqlashtirish uchun xalqaro konsultantlar va yuridik xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar “UzAssets” investitsiya kompaniyasi AJ tomonidan jalb qilinadi.

2024-yil 1-iyuldan, davlat ishtirokidagi yirik korxonalarda:

-        korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish, jumladan boshqaruv organlari faoliyati samaradorligini yanada oshirish uchun kuzatuv kengashiga bo‘ysunadigan korporativ kotibiyat tashkil etiladi;

-        korporativ boshqaruvning yangilangan qoidalari va axloq kodeksi joriy etiladi;

-        kuzatuv kengashining bayonnomalarini masofadan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda elektron ovoz berish byulletenlari orqali rasmiylashtirish imkoniyati yaratiladi.

UzAuto’ning xususiylashishi

Prezident qarori bilan tasdiqlangan Xususiylashtirish dasturiga ko‘ra, “O‘zavtosanoat” tarkibidagi 38 ta korxona, “O‘zbekiston temir yo‘llari” tasarrufidagi ko‘mir konlari, “Yangi zamon bino” MChJdagi ulushi, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining sement zavodlari, Silk Avia kompaniyasi va boshqa yuzlab kompaniyalardagi (jami 247 ta) davlat ulushlari sotiladi.

Теги :
Жамият