$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 27-oktyabrning eng muhim voqealari dayjesti

Positive-27-10-20

O‘zbekistonda deputatlik saylovi o‘tgan deb hisoblandi

O‘zbekistonda 27-oktyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlarin saylovi o‘tgan deb hisoblandi. Markaziy saylov komissiyasining ma’lum qilishicha, soat 13:00 holatiga ko‘ra, 19 944 859 nafar saylovchidan 9 948 589 nafari yoki 47,62 foizi ovoz berishda ishtirok etdi. Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Bahrom Kuchkarovning bildirishicha, qonunchilikda saylovda saylovchilarning 33 foizi ishtirok etsa, saylov o‘tgan deb topiladi. Bu Saylov kodeksining 96-moddasida belgilangan.

O‘zbekistonning Afg‘onistondagi elchisi lavozimiga tayinlandi

Oybek Usmonov O‘zbekistonning Afg‘onistondagi elchisi lavozimiga tayinlandi. Kobulga tayinlanishidan oldin u Misr va Pokistondagi elchi, 2011-2012 yillarda esa O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan. Oybek Usmonov 2012-2024 yillarda Kobulda elchi bo‘lib ishlagan Yodgorxo‘ja Shodmanov o‘rniga tayinlandi.

Picture background

“Chelsi” skautlari Husanovning o‘yinlarini kuzatadi

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Chelsi” futbol klubi o‘zbekistonlik yosh yulduz Abduqodir Husanovning o‘yinlarini kuzatish uchun skautlarini Fransiyaga jo‘natibdi. Bu jamoa keyingi bir-ikki transfer oynasida markaziy himoyachi sotib olishni maqsad qilgan. Avvalroq Londonning “Arsenal” klubi Fransiya chempionatining 20 yoshli yulduzini nishonga olgani ma'lum qilingan edi. Qayd etilishicha, “Lans” himoyachisi tezligi va sovuqqonligi bo‘yicha Villiam Salibaga taqqoslanmoqda. Manbaning xabariga ko‘ra, 9,2 million yevro turadigan Husanov “to‘pchilar”ning kelajakdagi maqsadiga aylanishi mumkin. Futbolchining “PSJ” klubi e’tiboriga tushgani ham aytilgan. Fransiyalik insayder Muhammad Tuchabe-Ter Parij klubi o‘zbekistonlik himoyachiga qiziqish bildirayotgani xabar qilgan. “PSJ” braziliyalik himoyachi Markinosga o‘rinbosar izlamoqda va 20 yoshli Husanov bu pozitsiya uchun munosib nomzod”, - deyiladi manbada. 

105 yoshli onaxon saylovda ovoz berdi

Denovlik 105 yoshli onaxon Bibirajab Murodova o‘zi munosib deb bilgan nomzodlarga ovoz berdi. Surxondaryo viloyatida tashkil etilgan 865 ta saylov uchastkalarida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatligiga saylovda ovoz berish jarayonlari qizg‘in davom etmoqda. Keksa, saylov uchastkasiga kelish imkoniyati bo‘lmagan, uyda yotib qolgan fuqarolarning ham ovoz berishi uchun zarur sharoitlar yaratilgan. Denov tumanidagi Bog‘i Eram mahallasida yashovchi 105 yoshli onaxon Bibirajab Murodovaning xonadoniga kelgan mas’ullar uning konstitutsion huquqidan foydalanishiga sharoit yaratib berishdi. Onaxon o‘zi munosib deb bilgan nomzodlarga ovoz berdi.