$
 12927.17
36.74
 14717.58
-3.29
 155.73
-0.31
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

2025-yil 21-fevralning eng muhim voqealari dayjesti

dayjest

Islom sivilizatsiyasi markaziga muqaddas Ka’ba yopinchig‘i joylashtiriladi

Shavkat Mirziyoyev 19 fevral kuni Saudiya Arabistoni Podshohligi haj va umra ishlari vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabia boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Martabali mehmon davlatimiz rahbariga Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon Ol Saud hamda Valiahd, mamlakat Bosh vaziri Muhammad bin Salmon Ol Saudning salomini yetkazdi. Shuningdek, vazir Prezidentimizga Podshohning ko‘p millatli O‘zbekiston xalqiga hadyasi – muqaddas Ka’ba yopinchig‘i – Kisvaning bir parchasini topshirdi.

“Wizz Air” O‘zbekistonda qo‘shma aviakompaniya tashkil etmoqchi

Vengriyaning “Wizz Air” aviakompaniyasi O‘zbekiston qo‘shma aviakompaniya tashkil etishga qiziqish bildirmoqda. ojef Varadi “Wizz Air Abu-Dhabi” kompaniyasi Toshkent-Abu-Dabi-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni ko‘paytirish hamda Namangan va Urganch shaharlari bilan aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdorligini bildirdi. Shuningdek, u O‘zbekiston hududida qo‘shma aviakompaniya tashkil etish istiqbollarini ma’lum qildi. Ilhom Mahkamov aviakompaniyaga O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishni taklif etdi. Joriy yil oxirigacha Toshkent-Budapesht-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam reyslarni tashkil etish belgilanmoqda.

Eldor Shomurodov “Roma” bilan Yevropa Ligasi pley-off bosqichiga yo'l oldi

Bugun oqshom futbol bo‘yicha Yevropa Ligasida o‘tish bosqichining javob o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. “Roma” o‘z maydonida “Portu”ni qabul qildi. Uchrashuvda Paulo Dibala dublga erishdi, uning birinchi goliga Eldor Shomurodov assistentlik qildi. Yakunda “Roma” 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. O‘zbekiston milliy jamoasi a’zosi maydonda 78 daqiqa harakat qildi. Sofascore nashri futbolchini 7,1 ball bilan baholadi. 

Dollarning so‘mga nisbatan qiymati yana pastladi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 24 fevral kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi. Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 13,74 so‘mga tushib, 12 916.18 so‘mni tashkil qildi. Yevro kursi 26,99 so‘mga ko‘tarilib, 13 523,24 so‘m etib belgilandi. Rossiya rubli 1,35 so‘mga oshdi va 147,60 so‘mni tashkil qildi.