$
 12957.01
-11.33
 13485.66
-6.6
 132.13
-0.19
weather
+26
Кечаси   +14°

2025-yil 1-fevralning eng muhim voqealari dayjesti

positive-25-2-1

Kitob o‘qigan mahkumlarning jazo muddati qisqarishi mumkin

"Milliy tiklanish" demokratik partiyasi mahkumlarni tarbiyalash va axloq tuzatish samaradorligini oshirishga qaratilgan qonun loyihasini muhokama qildi. Loyihaga ko‘ra, o‘zini o‘zi tarbiyalash va tuzalishga harakat qilgan mahkumlarning jazo muddati qisqartirilishi mumkin. 

1 ta kitob o‘qib, imtihondan o‘tgan mahkumning jazo muddati 3 kunga qisqarishi mumkin. Yiliga eng ko‘pi 10 ta kitob o‘qish mumkin.

O‘zbekistonlik bokschi “Pro European Champion” kamarini qo‘lga kiritdi

Kecha, 31 yanvar kuni Rossiya Federatsiyasi poytaxti Moskva shahrida boks bo‘yicha navbatdagi IBA “Champions Night” turniri bo‘lib o‘tdi. Ushbu turnirda o‘zbekistonlik bokschi Saidjamshid Jafarov mezbon sportchini mag‘lub etdi va IBA “Pro European Champion” kamariga ega chiqdi. “Lujniki” majmuasi mezbonlik qilgan ushbu boks oqshomida 71 kg vazn toifasida Saidjamshid Jafarov o‘zining navbatdagi jangini Dmitriy Zaxarovga qarshi o‘tkazdi va 6 raund to‘liq davom etgan jangda ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozondi. 

Baxtiyor Ibragimov O‘zbekistonning Albaniyadagi birinchi elchisi etib tayinlandi

Baxtiyor Ibragimov O‘zbekistonning Albaniyadagi birinchi elchisi etib tayinlandi. Elchixona qarorgohi Vena shahrida joylashgan. U Albaniya prezidenti Bayram Begayga ishonch yorliqlarini topshirdi. Ma’lumot uchun; B. Ibragimov 58 yoshda. Toshkent xalq xo‘jaligi institutini (hozirgi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti) tamomlagan. 1992-yildan beri TIV tizimida ishlaydi. Vazirlik markaziy apparatida, shuningdek, O‘zbekistonning AQSH va Janubiy Koreyadagi elchixonalarida turli lavozimlarda ishlagan. Eslatma, elchi B. Ibragimov 2023-yil noyabr oyidan beri mamlakatning Avstriyadagi elchisi ham hisoblanadi. Bu lavozimga tayinlangunga qadar u Nyu-York shahrida O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili (2017−2023) lavozimida ishlagan.

O‘zbekisonlik qilichboz Jahon kubogi bosqichida oltin medal qo‘lga kiritdi

Qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempioni Zuhriddin Qodirov Bolgariyada o‘tayotgan yoshlar o‘rtasidagi Jahon kubogi bosqichida oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Теги :
Jamiyat