$
 12957.01
-11.33
 13485.66
-6.6
 132.13
-0.19
weather
+26
Кечаси   +14°

2025-yil 31-yanvarning eng muhim voqealari dayjesti

positive-25-1-31

Shavkat Mirziyoyev Malayziyaga borishi kutilmoqda

Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Malayziyaga borishi haqida ma’lum qildi. "Malayziya kelasi haftadan boshlab dunyo mamlakatlari bilan diplomatik aloqalarini mustahkamlash maqsadida bir qancha jahon yetakchilarini kutib oladi", dedi bosh vazir Anvar Ibrohim. Uning so‘zlariga ko‘ra, yetakchilar orasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bor.

O‘zbekiston Bosh vaziri “Digital Almaty 2025” xalqaro raqamli forumida ishtirok etdi

30-31-yanvar kunlari O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov Olmaota shahriga amaliy tashrif bilan bordi. Bosh vazir “Digital Almaty 2025” xalqaro raqamli forumining yalpi majlisida so‘zga chiqdi. Majlisda O‘zbekiston Bosh vaziri Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida raqamlashtirishni jadallashtirish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish, yurtimizni sun’iy idrok texnologiyalaridan foydalanuvchi dunyoning yetakchi davlatlari qatoriga kirishiga erishish borasida olib borilayotgan islohotlar haqida taqdimot qildi.

Toshkent mezbonlik qilayotgan “Devis kubogi“ning ilk kuni yakunlandi

Toshkent shahridagi Respublika Olimpiya zaxiralari tennis maktabi yopiq kortlarida tennis bo‘yicha “Devis kubogi“ musobaqasining I guruhi uchun saralash bahslari boshlandi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi Bosniya va Gersegovinaga qarshi bahs olib bormoqda. Dastlabki kungi bellashuvlarda mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Humoyun Sultonov (236) mehmonlarning ikkinchi raketkasi Mirza Bashichga (563) qarshi kortga chiqib, 6/4, 3/6, 7/6(4) hisoblarida g‘alaba qozondi. Ikkinchi bahsda esa Sergey Fomin (561) Bosniyaning birinchi raqamli tennischisi, tajribali Damir Jumhur (88) bilan to‘qnash keldi. 1 soat, 32 daqiqa davom etgan o‘yinda Jumxur 7/6, 6/3 hisobi bilan zafar quchdi. Shu tariqa, birinchi kungi bahslardan keyin umumiy hisob 1:1 ko‘rinishiga keldi.

Og‘ir atletika federatsiyasiga yangi rais tayinlandi

Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasining 2024-yil yakunlari, 2025-yilgi rejalarga bag‘ishlangan hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Sherzod Xidoyatov mamlakat og‘ir atletika federatsiyasi raisi etib saylandi.

Теги :
Jamiyat