$
 12158.59
-39.69
 14238.92
-2.57
 157.88
1.31
weather
+26
Кечаси   +14°

2025-yil 30-yanvarning eng muhim voqealari dayjesti

30-yanvar dayjesti

Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi

Shavkat Mirziyoyev 30-yanvar kuni Toshkent shahridagi Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi, deya xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.

Marosimda Oliy Majlis palatalari, Prezident administratsiyasi va hukumat vakillari, ziyolilar, shahar jamoatchiligi qatnashdi.

“Bu el-yurtga xizmat unutilmasligi, hamisha e’zozlanishidan dalolat”, — deyiladi xabarda.

Davlat rahbari matbuot xizmatining qayd etishicha, Shavkat Mirziyoyevning e’tibori bilan birinchi prezidentning xotirasi abadiylashtirildi, u tavallud topgan 30-yanvar har yili nishonlanadigan bo‘ldi. Toshkentda ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi tashkil etildi. Samarqandga tashriflar chog‘ida Islom Karimov maqbarasini ziyorat qilish an’anaga aylandi.

“Bu keyingi avlodlar uchun ham ibrat va namunadir. Marosimda ana shunday ehtirom va birdamlik namoyon bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.

Tadbir davomida Qur’on oyatlari o‘qilib, duo qilindi. Birinchi prezidentning xalq manfaati yo‘lida qilgan ishlari, fazilatlari yodga olindi. Shunday tadbirlar Samarqand va Qarshi shaharlarida ham o‘tkazildi.

O‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim normalar bekor qilindi

Prezident tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun imzolandi.

Eskirgan tartibga solish mexanizmlarini bartaraf etish maqsadida qator qonunlarga o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Xususan, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonundan mahalliy hokimiyat organlarining iste’molchilarning (iste’molchilar nomuayyan doirasining) huquqlarini himoya qilib sudlarga murojaat etish bo‘yicha vakolatlarini belgilovchi norma chiqarib tashlanmoqda.

“Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi qonundan baholovchi tashkilotda qonunchilikda nazarda tutilgan miqdordagi ustav fondining mavjud bo‘lishi lozimligi haqidagi norma chiqarib tashlanmoqda.

Shuningdek, “Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi qonundan investitsiya buyurtmanomasiga: shaxsni tasdiqlovchi hujjatning ko‘chirma nusxasini (investor — jismoniy shaxs uchun) ilova qilish bo‘yicha talab chiqarib tashlanmoqda.

Oʻzbekiston, Turkiya va Ozarbayjon oʻrtasida Anqara deklaratsiyasi imzolandi

Shu yilning 29-yanvar kuni Turkiyada Tashqi ishlar, savdo, iqtisodiyot va transportga masʼul vazirlar 2-uch tomonlama uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuvda, samarali diplomatiya, dinamik sarmoyaviy hamkorlik, savdo hajmini oshirish va aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

“Muhokamalarimiz keng qamrovli boʻlib, eng dolzarb masalalarni hal etish va mamlakatlarimiz uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratish bilan birga turli toʻsiqlarni bartaraf etish boʻyicha aniq qadamlarni belgilab berdi. Uchrashuvimizning asosiy natijasi xalqlarimizning barqaror rivojlanishi uchun doʻstligimiz va hamkorligimizni mustahkamlash yoʻlidagi muhim qadam boʻlgan Anqara deklaratsiyasining imzolanishi boʻldi“, — deb yozadi TIV rahbari oʻzining Telegram kanalida.

Yaponiyalik qoʻshiqchi Mashu Komazaki “Oʻzbek madaniyati elchisi” etib tayinlandi

Yaponiyalik taniqli qoʻshiqchi va sozanda Mashu Komazaki Oʻzbekiston madaniyatini targʻib qilishdagi xizmatlari uchun “Oʻzbek madaniyati elchisi” maqomiga loyiq koʻrildi. Bu maqom xorijiy fuqarolar orasida birinchi marta yapon sanʼatkoriga topshirildi.

Komazaki Tokioda tugʻilgan, Tokio musiqa universitetini tamomlagan. 2015-2017-yillarda Buxoroda musiqa oʻqituvchisi boʻlib ishlagan, oʻzbek milliy musiqasiga qiziqib, dutor chalishni oʻrgangan.

U Yaponiyada oʻzbek milliy kuy va qoʻshiqlarini ijro etib, Oʻzbekistonga qiziqish uygʻotayotganini aytib oʻtdi.

Теги :
Jamiyat