$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

2025-yil 29-yanvarning eng muhim voqealari dayjesti

positive-25-1-29

Abdulla Aripov Yevroosiyo hukumatlararo kengashi majlisida kuzatuvchi maqomida qatnashadi

Shu yilning 30-31-yanvar kunlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Olmaota shahrida amaliy tashrif bilan bo‘ladi. Qozog‘iston Respublikasiga tashrif dasturidan Yevroosiyo hukumatlararo kengashi majlisida kuzatuvchi maqomida qatnashish, “Digital Almaty 2025” xalqaro raqamli forumining yalpi majlisida nutq so‘zlash hamda boshqa davlatlar hukumat rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish o‘rin olgan.

2024-yil eksport yuklarini tashishda sezilarli o‘sish kuzatilgan

Xalqaro yuk birjasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yil oxiriga kelib O‘zbekistonda avtomobil yo‘li bilan yuklarni eksport qilishga bo‘lgan talab sezilarli darajada oshgan. Rossiyaga yuk tashish uchun arizalar hajmi 2023-yilga nisbatan 56 foizga oshgan. MDHning boshqa mamlakatlariga tashish sohasida ham sezilarli ijobiy dinamika kuzatilmoqda. Shunday qilib, eksport yuklarini Belarusga tashishga bo‘lgan talab 85 foizga, Qozog‘istonga esa 67 foizga oshdi. Yuk birjasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda O‘zbekistondan boshqa mamlakatlarga avtomobil transportida yuklarni eksport qilish bo‘yicha umumiy arizalar hajmi 48 foizga oshgan.

“Markaziy Farg‘ona” suv ombori atrofida ekoturizm maskanlari barpo etiladi

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-dekabrda qabul qilingan “Ekoturizmni rivojlantirish va suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida yer uchastkalari ajratish tartibini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, bu borada bir qator ustuvor vazifalar belgilangan. Ayni jarayonda suv omborlari atrofida ekoturizmni rivojlantirish, mahalliy va xorijiy sayyohlarning hordiq chiqarishi, suv resurslaridan samarali foydalanish nazarda tutilgan. Farg‘ona vodiysi markazida joylashgan “Markaziy Farg‘ona” suv ombori 85 ming gektar yerni sug‘orishga mo‘ljallangan bo‘lib, qum ustida barpo qilingan bunday noyob suv havzasi dunyoda miqyosida bor-yo‘g‘i ikkita. Biri Saudiya Arabistonida bo‘lsa, ikkinchisi yurtimizda bunyod etilgan.

"Buxoro" O‘zbekiston MTJning raqibi bilan o‘ynaydi

Ulug‘bek Bakayev boshchiligidagi "Buxoro" o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazish uchun Antaliyaga yetib borgach, fevral oyi davomida qator xalqaro o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazishni rejalashtirganini ma’lum qildi. raqiblar orasida O‘zbekiston milliy terma jamoasining JCH-2026 saralashi yo‘lidagi raqiblaridan biri KXDR ham bor. Oldinroq, shimolliklar boshqa bir o‘zbek klubi "Surxon" bilan ham o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishgan edi.

Теги :
Jamiyat