$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

2025-yil 27-yanvarning eng muhim voqealari dayjesti

positive-25-1-27

O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasida yangi nazorat-o‘tkazish punkti ochildi

O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasida “Navoiy-Qoplonbek” nazorat-o‘tkazish punkti ochildi. 27-yanvardan 5-fevralgacha nazorat-o‘tkazish punktidan cheklangan miqdorda jismoniy shaxslar, avtomobillar va avtobuslar o‘tkaziladi. 5-fevraldan boshlab punkt to‘liq quvvatda ish boshlaydi, deb xabar bermoqda Qozog‘iston Davlat daromadlari qo‘mitasi.

Buxoro davlat texnika universiteti tashkil etiladi

Universitet Buxoro muhandislik-texnologiya instituti va Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti negizida tashkil etiladi. Universitetda neft va gaz muhandisligi sohasida Ilg‘or muhandislik maktabi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. 2026-yil 1-yanvardan universitetga akademik, tashkiliy va moliyaviy mustaqillik beriladi.

Shahram G‘iyosov ikkita kamar uchun jang qiladi

WBA yo‘nalishida yarim o‘rta vazn toifasida majburiy da’vogar bo‘lgan Shahram G‘iyosov WBA chempioni Eymantas Stanionis va IBF chempioni Jeyron Ennis o‘rtasida 12-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan birlashtiruvchi jangga rozilik berdi. U bu rozilikni, keyinchalik ushbu jang g‘olibi o‘zi bilan ringga chiqishi sharti evaziga bergan. WBA qoidalari va qaroriga ko‘ra, Stanionis va Ennis o‘rtasidagi jang g‘olibi 120 kun ichida G‘iyosovga qarshi jang o‘tkazishi shart. Shuningdek, The Ring nashrining xabar berishicha, Shahram G‘iyosov ham 12-aprel kuni Atlantik-Sitida o‘tkaziladigan ushbu boks kechasida jang qiladi. 

Poytaxtda stritbol va vorkaut uchun yangi sport maydonchalari quriladi

Poytaxt hokimi stritbol va vorkaut bilan shug‘ullanish mumkin bo‘lgan zamonaviy sport maydonchalarini qurish bo‘yicha topshiriq berdi. Maydonlar zamonaviy andozalar asosida jihozlanadi, moliyalashtirish va sport anjomlarini o‘rnatish esa Sport vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Maydonchalar birinchi navbatda mahallalar va umumta’lim maktablari hududlarida paydo bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

Теги :
Jamiyat