$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

2025-yil 24-yanvarning eng muhim voqealari dayjesti

positive-25-1-24

Germaniyaning “KfW” banki Orolbo‘yi mintaqasida tibbiy xizmat sifatini yaxshilash loyihasiga hamkorlik qiladi

Orolbo‘yi mintaqasida tibbiy xizmat sifatini yaxshilash maqsadida Germaniyaning “KfW” banki bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan yangi loyiha Prezident qarori bilan tasdiqlandi. Loyiha doirasida tibbiy muassasalar uchun zarur jihozlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati bo‘ylab adolatli taqsimlanadi. Shuningdek, maxsus avtotransport vositalari mintaqadagi tibbiy xizmat ko‘rsatish tezligini oshirish maqsadida qayta taqsimlanadi. Har bir jabhada loyihaning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari va moliyaviy tuzilmasi Germaniya tomoni bilan kelishilgan holda rejalashtirilgan. Loyihani amalga oshirish uchun mas’ul organ sifatida Sog‘liqni saqlash vazirligi belgilandi.

Ulug‘bek Rahimov Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari etib tayinlandi

Rahimov Ulug‘bek Odashevich Andijon viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari - viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi. Ulug‘bek Rahimov 1971-yili Paxtaobod tumanida tug‘ilgan. Namangan sanoat-texnologiya instituti va republika Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida tahsil olgan. Xizmat faoliyatini 1994-yili O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining Paxtaobod tumani qo‘mitasida boshlagan. 2000-yildan to shu kunga qadar qishloq xo‘jaligi sohasining turli yo‘nalishlarida samarali xizmat qilib kelmoqda. Tayinlovga qadar Andijon viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha kotibiyati mudiri vazifasida faoliyat olib borgan.

Abdusattorov amaldagi jahon chempioniga qarshi o‘ynaydi

Niderlandiyaning Veyk-an-Zeye shahrida shaxmat bo‘yicha an’anaviy “Tata Steel Chess-2025” musobaqasi o‘tkazilmoqda. Bugun musobaqada 6-tur uchrashuvlari o‘tkaziladi. Nodirbek Abdusattorov (2768) bugungi kundagi asosiy raqiblaridan biri - amaldagi jahon chempioni, hindistonlik Gukesh Dommaradju (2777) bilan oq donalarda hisob-kitob qiladi. Bugungi uchrashuv oldidan Nodirbek hisobida 4, Gukeshda 3,5 ochko bor. Jahon chempioni qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra kuchli uchlikka yakun yasagan. Nodirbek Yakubboyev (2659) esa bugun 6-turda oq donalarda germaniyalik Frederik Sven (2664)ga qarshi bahs olib boradi. 

Uzundara manzilgohi turistik maskaniga aylantiriladi

Surxondaryo viloyatidagi qadimiy Uzundara manzilgohi turistik maskaniga aylantirilishi ma’lum qilindi. Uzundara qal’asi 1991 yilda ochilgan. 2013 yildan buyon O‘zbekiston va Rossiya Fanlar akademiyalari mutaxassislari bu yerda qazish ishlarini olib bormoqda. O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi yodgorlikni restavratsiya qilish va sayyohlik maskaniga aylantirish loyihasini ishlab chiqildi.

Теги :
Jamiyat