$
 12805.09
-10.04
 13889.68
-8.33
 133.10
-0.1
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 21-iyunning eng muhim voqealari dayjesti

positive

Mo‘g‘uliston Prezidentining davlat tashrifi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux 23-26 iyun kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘ladi.

Oliy martabali mehmon tashrifining dasturiga muvofiq, Toshkent shahrida oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston do‘stlik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada kengaytirish va mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqiladi.

O‘qishni ko‘chirish so'nggi muddati

Belgilangan tartibga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirishi yoki qayta tiklashida ta’lim yo‘nalishlarining (mutaxassisliklarining) nomlanishi bir xil bo‘lganda bunday ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) mos deb hisoblanadi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzovaning ta’kidlashicha, o‘qishni ko‘chirish uchun arizalar Bilim va malakalarni baholash agentligining my.uzbmb.uz sayti orqali 5 avgustga qadar qabul qilinadi va imtihonlar 5 avgustdan boshlab 30 avgustgacha bo‘lgan muddat oralig‘ida o‘tkaziladi. Shuningdek, O‘zbekistonning o‘zidagi xorijiy va xususiy OTM talabalari ham davlat OTMiga o‘tish uchun ushbu platforma orqali ro‘yxatdan o‘tib, imtihon topshiradi.  

25,2 million kilovatt soat elektr energiyasi

“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatida energiya resurslaridan oqilona foydalanish hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalari va energiya tejamkor qurilmalarni joriy etish ishlari tizimli tashkil etilmoqda.

2024 yil bo‘yicha mazkur tashkilotning tizim korxonalarida energiya resurslarini tejashga qaratilgan 54 ta tadbir tashkil etilgan. Unga ko‘ra, joriy yilning yanvar-may oylarida 10,35 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi, 45 ming litr quyosh suv isitish qurilmasi, 62 dona chastota rostlash qurilmasi, 2 komplekt energiya tejamkor nasos, 5 400 dona energiya tejamkor lampa o‘rnatildi. 

“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati axborot xizmati rahbari Mo‘min Ibodovning ma’lum qilishicha, amalga oshirilgan bu kabi tadbirlar natijasida o‘tgan 5 oyda 25,2 million kilovatt soat elektr energiyasi iqtisod qilingan. 

«BRIKS» o‘yinlarida 47 ta medal jamg'arildi

Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida davom etayotgan «BRIKS o‘yinlarining sakkizinchi kunida o‘zbekistonlik sportchilar 1 ta kumush, 8 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. (Ushbu medallar soniga kecha kechki payt bokschi qizlarimiz tomonidan qo‘lga kiritilgan bronza medallari hozircha kiritilganicha yo‘q.)

 90 ta mamlakat sportchilari ishtirok etayotgan «BRIKS» o‘yinlari 23 iyunga qadar davom etadi.

Теги :
Жамият