$
 12774.98
-15.14
 13914.51
-21.6
 130.14
0.11
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 9-mayning eng muhim voqealari dayjesti

5 9

“Yangi O’zbekiston”da mushakbozlik

“Yangi Oʻzbekiston” bogʻida 9-may kuni mushakbozlik tashkil etilishi ma’lum qilindi.

Xabarga koʻra, Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan mushakbozlik bugun soat 21:00 da boshlanadi.

Yozgi olimpiada uchun so’nggi imkon

Turkiyaning Istanbul shahrida bugun sport kurashlari bo’yicha jahon litsenzion turniri boshlanadi.

Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi so‘nggi turnirning ilk kunida yunon-rum kurashi ustalari bahs olib borishadi. 

Bugun kun davomida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolaridan Mahmud Baxshulloyev hamda Jalgasbay Berdimuratov final bosqichi yo‘llanmasi uchun gilamga chiqadi. Ular musobaqani quyidagi raqiblariga qarshi boshlashadi: 

-67 kg: Mahmud Baxshulloyev – Dinmuhammad Koshkar (Qozog’iston)

-87 kg: Jalgasbay Berdimuratov – Gans Vagner (Germaniya)

Qashqadaryoda qiymati 160 million dollarlik loyiha

Joriy yilning 2-3-may kunlari poytaxtimizdagi Xalqaro kongress markazida III Toshkent xalqaro investitsiya forumi o‘tkazildi.

2023-yilda Shanxayda o‘tkazilgan biznes forumda bo‘lib o‘tgan va unda “Chiqindilarni yoqish evaziga elektr energiyasini ishlab chiqarish” loyihasi bo‘yicha ilk kelishuvga erishilgan edi.

Loyiha qiymati 160 million dollarni tashkil etadi. Loyiha asosida chiqindilarni yoqish natijasida bir kunda 20 megavatt elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Loyihaning ahamiyati shundaki, uni amalga oshirish atrof-muhitga tashlanadigan zararli moddalarning oldini olishda qo‘l keladi. Biz ushbu loyihani hamkorlikda Qashqadaryo viloyatida tatbiq etmoqchimiz. Loyiha ishga tushirilgach, 230 ta ish o‘rni yaratiladi va bir kunda 1000 tonna chiqindini yoqib, ishlab chiqarilgan 20 megavatt elektr energiyasi bilan deyarli 97 ming xonadonning kunlik iste’moli ta’minlanadi.

“Mulla Nasriddin” filmi yaratiladi

Bugun Renessans kino uyida Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti – TURKSOY hamkorligida yaratiladigan “Mulla Nasriddin” kinoloyihasining ozarbayjonlik kino vakillari tomonidan taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston, Ozarbayjon, Turkiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston davlatlari kino ijodkorlari tomonidan yaratiladigan badiiy filmning senariy muallifi va rejissyori Vagif Mustafoyev. Ushbu filmning salkam yarim soati Oʻzbekistonga bagʻishlanadi. Suratga olish ishlarining asosiy manzillari xususan, Buxoro va Xivada boʻlib oʻtadi. XVI Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida ushbu loyihaning suratga olish ishlariga start berilishi kelishib olindi.