Dushanba, 26-oktabr, 2026
Havo 88 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +6° kechasi +6°

2024-yil 27-mayning eng muhim voqealari dayjesti

Kontraktdan grantga, 107,1 trln. so‘m investitsiya, oliy martabali mehmon, mediahamkorlik uyi — kunning eng muhim xabarlari.

2 daqiqa o‘qiladi

2024-yil 27-mayning eng muhim voqealari dayjesti

Kontraktdan grantga tomon yo'l

Davlat granti kvotalarining oliy ta’lim tashkilotlari kesimida taqsimoti tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarning tanlovi va to‘plagan ballariga ko‘ra amalga oshiriladi. Bunda bakalavriat va magistraturaga qabul qilingan talabalarga ta’lim granti bir o‘quv yili uchun ajratiladi.

Ya’ni, ta’lim granti birinchi kursda oliy ta’lim tashkilotlariga ajratilgan davlat buyurtmasi kvotasiga muvofiq kirish imtihonlarida yuqori ball to‘plagan talabalarga ajratilsa, ikkinchi va undan keyingi kurslarda yuqori akademik reyting ko‘rsatkichlariga erishgan va ijtimoiy faol talabalar orasida oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan tabaqalashtirilgan tartibda qayta taqsimlanadi.

 107,1 trln. so‘m investitsiya

O‘zbekiston Respublikasida jami iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha 107,1 trln so‘m investitsiyalar o‘zlashtirildi.

2024 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni rivojlantirish uchun jami iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha 107,1 trln so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi.  

Ulardan korxona va aholi mablag‘lari 25,8 trln so‘mni tashkil etdi.  

Rossiya Prezidenti kutib olindi

27 may kuni Ko‘ksaroy qarorgohida mamlakatimizga davlat tashrifini amalga oshirayotgan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

 Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy qarshi olib, shohsupaga taklif qildi. Davlat madhiyalari yangradi. Harbiy orkestr sadolari ostida yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladilar.

Xitoyda Mediahamkorlik uyi ochildi

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar kundan-kun yuksalib boryapti. Ikki davlat rahbarlarining Pekin uchrashuvida munosabatlarni ijtimoiy sohada ham shu darajaga yetkazishga kelishilgan edi. Ahdlashuvlar hayotga joriy etilmoqda. Xitoyning g‘arbiy – shimolidagi Xorgos shahrida Markaziy Osiyo va Xitoy jurnalistlarining hamkorlik uyiga asos solindi.