Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 93 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +18° kechasi +9°

2024-yil 17-mayning eng muhim voqealari dayjesti

Metan chiqindilari, Malayziya Bosh vaziri, Namangan – Chodak – Namangan, jahon chempionati sovrindori — kunning eng muhim xabarlari.

2 daqiqa o‘qiladi

2024-yil 17-mayning eng muhim voqealari dayjesti

Metan chiqindilarini kamaytirishga oid loyihalar

Kecha o‘z ishini yakunlagan O‘zbekiston energetika haftaligi doirasida “O‘zbekneftgaz” AJ va Jahon banki vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot chog‘ida “O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi ob’ektlarning energiya samaradorligini oshirish va metan chiqindilarini kamaytirishga qaratilgan loyihalar bo‘yicha ma’lumotlar berildi.  

 Jahon banki vakillari “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan metan chiqindilarini kamaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalarga moliyaviy yordam ko‘rsatishga tayyorligini ta’kidladi.  

Atletikachimiz jahon chempionati sovrindori

17 may kuni Yaponiyaning Kobe shahrida para yengil atletika bo‘yicha Jahon chempionati bahslari boshlandi.

Chempionatning ilk kunida bahslarga kirishgan para yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Kubaro Hakimova ayollar o‘rtasida F41 klassida yadro uloqtirish bo‘yicha 9.88 metr natija bilan kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Malayziya Bosh vaziri O‘zbekistonda

 Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim 17 may kuni rasmiy tashrif bilan yurtimizga keldi.

Malayziya Hukumati rahbarini Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Namangan – Chodak – Namangan yo‘nalishi

 Namangan gul va gulchilik poytaxtiga aylangan. Bu yerga o‘n minglab sayyohlar oqib kelyapti. Gul bayrami arafasida sayyohlar uchun yana bir quvonchli voqea ro‘y berdi: Namangan – Chodak – Namangan yo‘nalishida poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi.

Birinchi reysga viloyat nuroniylari, mehnat faxriylari taklif etildi.