Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 93 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +18° kechasi +9°

2024-yil 14-mayning eng muhim voqealari dayjesti

Atletikachilarimiz Markaziy Osiyoda birinchi, Osiyo xotin-qizlari forumi, asossiz hisoblangan soliq va penyalar, energetika haftaligi — kunning eng muhim xabarlari.

2 daqiqa o‘qiladi

2024-yil 14-mayning eng muhim voqealari dayjesti

Yengil atletikachilarimiz Markaziy Osiyoda birinchi

Toshkentda yengil atletika boʻyicha Markaziy Osiyo ochiq chempionati oʻz yakuniga yetdi. Musobaqaning ikkinchi kunida Oʻzbekiston terma jamoasi 7 ta oltin, 13 ta kumush va 12 ta bronza medallariga sazovor boʻldi. Yakunda 18 ta oltin, 28 ta kumush va 23 ta bronza medallarini jamgʻargan hamyurtlarimiz umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritishdi.

Osiyo xotin-qizlari forumi o‘z ishini yakunladi

13-14-may kunlari Samarqandda “Xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga mintaqaviy yondashuv” mavzusidagi Osiyo xotin-qizlari forumi boʻlib oʻtdi.

Forumda ishtirok etgan 30 dan ortiq xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan nufuzli mehmonlar – Sharqiy Osiyo, Janubi-Sharqiy Osiyo, Janubiy Osiyo va Markaziy Osiyo mamlakatlari parlamentlarining ayol aʼzolari, hukumatlari rahbarlari, xorijiy davlatlarning mamlakatimizdagi vakolatxonalari hamda xorijiy tashkilotlarning 40 nafardan ortiq vakillari mamlakatimizda gender tenglikni taʼminlash borasida olib borilayotgan ishlarni yuqori baholadilar.

Asossiz hisoblangan soliq va penyalar bekor qilindi

Biznes-ombudsman 7 yillik faoliyati davomida tadbirkorlarning 39 mingdan ortiq murojaatlarini ko‘rib chiqdi. Bu davrda tadbirkorlar foydasiga 250 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ qaytarilishiga erishildi.

 Tadbirkorga nisbatan soliq hisoblanishi yuzasidan nizo Oliy sudda ko‘rib chiqilgan va sud qarori bilan jami 9 million so‘m soliq va 1 million so‘m penya undirilishi belgilanib, 90 million so‘mlik qismi qanoatlantirishdan rad etilgan.  

Biroq, ushbu noturar mulkni boshqa tadbirkor nomiga qayta rasmiylashtirish jarayonida noto‘g‘ri hisoblangan soliq summasi kamaytirilmasdan, mol-mulk va yer soliqlari bo‘yicha penya hisoblanib, soliq to‘lovlaridan jami 125 million so‘m qarzdorlik yuzaga kelgani aniqlangan hamda asossiz hisoblangan qarzdorlik va penyaning bekor qilinishi ta’minlandi.  

Energetika haftaligi

Energetika vazirligi, ‘O‘zbekneftgaz” AJ va qator tashkilotlar hamkorligida “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasida O‘zbekiston energetika haftaligi o‘tkazilmoqda.

Mazkur haftalikda dunyoning 29 ta davlatidan 450 ta ishlab chiqaruvchi kompaniyaning yoqilg‘i-energetika tarmog‘iga oid zamonaviy uskunalari va texnologiyalaridan namunalar namoyish etiladi.