2024-yil 10-mayning eng muhim voqealari dayjesti
365 ming aholi bandligi, 30 ming dollargacha qoplab berish, Moldova va O'zbekiston aloqalari, yengil atletika federatsiyasining yangi rahbari — kunning eng muhim xabarlari.
2 daqiqa o‘qiladi

Bir oyda 365 ming aholi bandligi ta’minlangan
“Sayxunobod tajribasi" asosida aprel oyining o‘zida 365 ming aholi bandligi ta’minlangan.
Banklar o‘z mijozlarining muammolarini hal qilib, 115 ming aholiga ishli bo‘lishga ko‘maklashdi.
Mahallalarda 70 mingta mikro-loyiha amalga oshirildi, 465 ming gektar tomorqa yerlariga ekin ekildi.
Xorijiy brend jalb qilganlik uchun sarflangan xarajatni 30 ming dollargacha qoplab berish
Prezident raisligida mahalliy sanoat tarmog‘idagi ichki imkoniyatlarni safarbar etish orqali aholini ishli va daromadli qilish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Yig'ilishda xorijiy brend jalb qilgan har bir korxonaga sorsing kompaniyalari uchun sarflangan xarajatni 30 ming dollargacha qismini qoplab berish tizimi yo‘lga qo‘yilishi aytib o'tildi.
Moldova va O'zbekiston aloqalari
Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi Ravshanbek Alimov Moldova Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi V.Kiver bilan uchrashuv o‘tkazdi.
O‘zbekiston-Moldova munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari, xususan, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamda parlamentlararo aloqalarni izchil rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Moldova tomoni parlamentlararo aloqalarni faollashtirishdan, parlamentlarning do‘stlik guruhlari orqali o‘zaro hamkorlik formati va mexanizmlaridan samarali foydalanishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.
Yengil atletika federatsiyasining yangi rahbari
Federatsiya raisi lavozimida ishlab kelgan Mehriddin Abdullayevning o‘z xohishiga ko‘ra lavozimini tark etishi haqida yozgan arizasi ishtirokchilar tomonidan ma’qullandi.
Tashkilot ijroiya qo‘mita tavsiyasiga binoan federatsiya rahbarligiga “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi Bahodir Sidiqov Bahromovich nomzodi ilgari surildi.
Delegatlar nomzodni bir ovozdan ma’qullashdi va Bahodir Sidiqov O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasining yangi raisi etib saylandi



