$
 12695.00
11.01
 13648.39
0.42
 138.12
-1.12
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 28-aprelning eng muhim voqealari dayjesti

positive-24-4-28

Osiyo chempionati yakuni bo'yicha natijalar

BAAning Dubay shahrida yengil atletika bo’yicha yoshlar o’rtasidagi Osiyo chempionati o’z yakuniga yetdi. Unda ishtirok etgan O’zbekiston terma jamoasi 4 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida Xitoy, Yaponiya va Hindiston jamoalaridan keyin to’rtinchi o’rinni egalladi

Oltin medal: 

Xushnoza Shavkatova (uch hatlab sakrash) 

Barno Sayfullayeva (balandlikka sakrash)

Nodir Norboyev (ko’pkurash)

Jonbibi Hukmova (400 metr)

Kumush medal:

Dilshoda Usmonova (3000 metr, stipl-chez)

Bronza medal: 

Emiliya Rudina (balandlikka sakrash)

Mashhura Soibova (3000 metr, stipl-chez)

Qadimiy shahar qoldiqlari topildi

Yahyo G‘ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti, Berlin-Brandenburg Fanlar akademiyasi va Yaponiyaning Kiota san’at universiteti olimlari hamkorligida Jomboy tumanidagi Mingtepa yodgorligida olib borilayotgan arxeologik o‘rganishlar natijasida V-VIII asrlarga oid Kabudan shahri qoldiqlari topildi.

Xalqaro musiqali teatrlar forumi

Poytaxtimizda O‘zbekiston davlat musiqali komediya teatrining 50-yilligiga bag‘ishlangan "Operetta uz" II Xalqaro musiqali teatrlar forumi bo‘lib o‘tmoqda. Bu yilgi forumda Ozarbayjon, Belarusiya, Rossiya va Qozog‘istondan kelgan vakillar ishtirok etmoqda. Forumda teatr arboblari, san’atshunoslar va OAV vakillari bilan uchrashuvlar tashkillashtirilib, musiqali teatrlar faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish kabi masalalar ko‘rib chiqilayapti.

“Yangi Nafas” marafoni

Nukusda “Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda birga yuguramiz!” shiori ostida “Yangi Nafas” ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada 7 ming nafardan ziyod ishtirokchi belgilangan 3 kilometrlik masofani bosib o‘tdi. Musobaqada g‘olib va faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.