$
 12683.99
35.87
 13647.97
25.94
 139.24
0.82
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 27-aprelning eng muhim voqealari dayjesti

Day 27-aprel

Shahrisabzda IHT davlatlarining etno-sport o‘yinlari o'tkazildi

26-aprel kuni “Oq Saroy” majmuasi hududida “Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti davlatlarining birinchi xalqaro etno-sport o‘yinlari” bo‘lib o‘tdi.

Sport musobaqalarida Pokiston, Eron, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikistondan tashrif buyurgan xorijiy mehmonlar ishtirok etdilar.

Etnosport – an’anaviy o‘yinlar va mamlakatning boy merosini saqlashga yordam beradigan, turizm va sportni rivojlantirishga hissa qo‘shadigan sport tadbiri.

Kann kinofestivalida o'zbeklar

 Kinematografiya agentligi direktori Firdavs Abduxoliqov CNCning audiovizual hamkorlik masalalari bo‘yicha attashe Emmanuel Fosiyon bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda Kann festivali doirasida hamkorlik memorandumini imzolash bo‘yicha kelishuvga erishildi.

14-25 may kunlari o‘tkaziladigan 77-Kann kinofestivali doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi o‘z pavilionini ochadi. Kinematografiya agentligi va Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi ushbu pavilion ochilishida ishtirok etadi.

Yangi mehnat inspeksiyasi boshlig'i

Abdusamad Abdukarimov — Davlat mehnat nazorati inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Bunga qadar u Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining lavozimida ishlab kelgan.

Tegishli buyruq Bandlik va qashshoqlikni qisqartirish vazirligi rahbari tomonidan imzolangan.

OOK delegatsiyasi Adham Ikramov qabulida

Poytaxtimizda bo‘lib turgan Osiyo Olimpiya kengashining delegatsiyasi bugun Sport vaziri Adham Ikramov qabulida bo‘ldi. Mazkur uchrashuvda MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Qo‘mita raisi o‘rinbosari Azizjon Kamilov va Milliy Paralimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Otabek Ergashev ham qatnashdi. Unda Toshkent-2025 yoshlar Osiyo va Para Osiyo o‘yinlariga raqamli texnologiyalar yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

O‘z o‘rnida, delegatsiya vakillari Adham Ilhamovichni faoliyatlari bilan yaqindan tanishtirishdi. So‘ng 2 kunlik o‘rganish ishlari yuzasidan chiqargan xulosalari bilan o‘rtoqlashdilar. OOKning rasmiy hamkori hisoblangan “Bornan Sports Technology” kompaniyasi bu boradagi imkoniyatlarimizni yuqori baholab, bo‘lajak o‘yinlarni hamkorlikda yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha o‘z xizmatlarini taklif qildi.

15 mln. so‘m qo‘shimcha daromad

Nurafshon shahrining “Dehqonobod” MFYda yashovchi Maqsuda Baratova o‘z xonadonida 2 sotixli issiqxona barpo etib, yiliga 3 martadan hosil olmoqda.

Har bir qarich yerdan unumli foydalanib, mo‘l hosil olayotgan Baratovaning tajribasi bilan qiziqildi. Suhbat davomida u sof mehnat natijasida har mavsumda 15 mln. so‘m qo‘shimcha daromad ko‘rayotganini bildirdi.

Теги :
Жамият