Yakshanba, 25-oktabr, 2026
Havo 79 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +10° kechasi +6°

2024-yil 22-aprelning eng muhim voqealari dayjesti

Yangi oilaviy mehmonxonalar tarmog'i, INNOPROM, Islomiy fiqh akademiyasi a’zoligi, Fomin Qozog‘istonda chempion bo'ldi — kunning eng muhim xabarlari.

2 daqiqa o‘qiladi

2024-yil 22-aprelning eng muhim voqealari dayjesti

Yangi mehmonxonalar tarmog‘i 

Navoiy shahrida “Zarafshan golden group” va Turkiyaning “Dedeman Hotels & Resorts International” kompaniyalari hamkorligida Navoiy shahri va Karmana tumanida joylashgan mehmonxonalar tarmog‘ining “Dedeman” brendi ostida o‘z faoliyatini boshladi. “Dedeman” brendi ostida faoliyat yuritayotgan kompaniyamiz oilaviy kompaniya hisoblanadi, – deydi “Dedeman Hotels & Resorts International” kompaniyasi rahbari Banu Dedeman.

“O‘zekspomarkaz” ko‘rgazmalar majmuasida mintaqadagi eng yirik tadbirlardan biri 

Poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz” ko‘rgazmalar majmuasida mintaqadagi eng yirik tadbirlardan biri – “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi ish boshladi. 24-aprelgacha davom etadigan mazkur nufuzli tadbirda O‘zbekiston, Rossiya, Xitoy, Belarus, Qozog‘iston davlatlari milliy stendlari, 60 ga yaqin kompaniya ekspozitsiyasi, xududlar burchaklari namoyish etilmoqda. Ayni daqiqalarda tadbirning asosiy yalpi majlisi bo‘lib o‘tyapti.

Islomiy fiqh akademiyasi a’zoligi

20-aprel kuni Saudiya Arabistoni poytaxtida Islom olami uyushmasi tarkibidagi Islomiy fiqh akademiyasining 23-davra yig‘ilishida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar ushbu Kengash a’zoligiga qabul qilinganlari e’lon qilindi. Unda ishtirok etayotgan dunyoning yetakchi ulamolari Muftiy hazratlarini ushbu martaba bilan qutlab, O‘zbekistondagi diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlarni yuqori baholadilar.

Fomin Qozog‘istonda chempion

Tennis bo‘yicha Qozog‘istonda o‘tgan erkaklar o‘rtasidagi xalqaro musobaqada hamyurtimiz Sergey Fomin bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. Yakkalik bahslarning so‘nggi hal qiluvchi final o‘yinida Sergey Fomin neytral tennischi Bekxan Atlangerovni birinchi setda tay-brekda, ikkinchi setda esa 6:2 hisobida mag‘lub etib, yakunda bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.