$
 12670.05
37.83
 13560.75
82.17
 138.00
3.61
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 20-aprelning eng muhim voqealari dayjesti

Day 20-aprel

Mo’ynoq ekomarafoni

18-aprel kuni Orol turizm haftaligi doirasida Mo‘ynoqda “Aral Sea Eco Race” eko-marafoni va “Orolning 99 xil taomi” festivali bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Qoraqalpog‘iston oshpazlar uyushmasi, Prorun yugurish maktabi vakillari, ekologlar, maktab o‘quvchilari va talabalar, ekologiya faollari, sayyohlar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Marafonda yurtimizdagi oliy o‘quv yurtlari talabalari, maktab o‘quvchilari, ekologiya faollari, Orol dengizi tarixiga qiziquvchi sayyohlardan iborat 200 nafar kishi ishtirok etdi. Eng keksa ishtirokchi 70 yoshda, eng yosh ishtirokchi esa 7 yoshda edi.

24 ming chaqaloq

Davlat xizmatlari ko‘rsatish hamda FHDYO sohasida yilning birinchi choragida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Salohiddin Sattorovning qayd etishicha, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limlarida 12513 nafar o‘g‘il, 11503 nafar qiz tug‘ilgani qayd etilgan. Eng ko‘p tug‘ilish Samarqand (7978 nafar) shahri va Urgut (2820 nafar ) tumaniga, eng kami Nurobod (453 nafar) va Toyloq (517 nafar) tumanlariga to‘g‘ri kelgan.

30 yillik yo’l endi qayta quriladi

xalqaro ahamiyatdagi M39 “Olmaota – Bishkek – Toshkent – Shahrisabz – Termiz” magistral avtomobil yo‘lining 1255-1315 km (60 km) qismi 25 ming aholi istiqomat qiluvchi Dexqonobod tumani markazi Qorashina shaharchasidan o‘tgan bo‘lib, yo‘l bo‘yida aholi uylari, maktablar, kollejlar va boshqa ijtimoiy obyektlar zich joylashgan. Ushbu uchastkada yo‘l qoplamasining ta’mirlararo muddatlari o‘tib ketgan (30-32-yil avval ta’mirlangan), bugungi kunda yo‘l qoplamasi va to‘shamasining 30 foiz qismi to‘liq buzilgan, qolgan qismi to‘liq ta’mirtalab. Yo‘lning ta’mirtalabligi va torligi undan foydalanuvchi haydovchilarda harakat chog‘ida noqulayliklar va xavf tug‘dirmoqda. Yuqoridagi uchastkani to‘liq qayta qurish maqsadida Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tomonidan Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi bilan birgalikda “M39 “Olmaota – Bishkek – Toshkent – Shahrisabz – Termiz” avtomobil yo‘lining 1255 – 1315 km (60 km) qismini rekonstruksiya qilish loyihasi” ishlab chiqildi. Loyihani amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi hamda Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi o‘rtasida jami 153,9 million dollar miqdoridagi mablag‘larni ajratish to‘g‘risida qarz bitimlari imzolangan. OPEK jamg‘armasi qarz mablag‘lari 5-yillik imtiyozli davr bilan 20-yilga ajratiladi. Loyiha 2-yillik kafolat davrini hisoblagan holda 5-yil davomida 2024 – 2029-yillarda amalga oshiriladi.  

Chempionatdagi “o’zbek derbisi”

Gonkong mezbonlik qilayotgan dzyudo boʻyicha Osiyo chempionatida muxlislar yana bir "oʻzbek derbisi"ga guvoh boʻlishdi. Bu gal -66 kg vazn toifasida bronza medali uchun kechgan kurashda Sardor Nurillayev va Muhriddin Tilovov toʻqnash kelishdi. Bellashuv Nurillayevning gʻalabasi bilan yakunlandi.